Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Muhim ma'lumotlar

Bu kechani bedor o‘tkazganga jannat vojib bo‘ladi

 
 

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Beshta kechani kim tiriltirsa (bedor o‘tkazsa), jannat unga vojib bo‘ladi – tarviya, arafa, qurbonlik, fitr va sha'bonning o‘n beshinchi kechalaridir», dedilar».

Hadisi sharifda sanab o‘tilgan kechalar:

1. Sakkizinchi zulhijja kechasi;
2. To‘qqizinchi zulhijja kechasi;
3. Qurbon iydi kechasi;
4. Fitr iydi kechasi;
5. O‘n beshinchi sha'bon kechasi.

Ushbu beshta kechaning biri baroat kechasidir. Bu ulkan fazilat va saodatga to‘la kechada Mavloimiz Alloh taolo: «So‘ranglar! So‘rganlaringizni berishga tayyorman», deydi. Shuning uchun u kechani bedor o‘tkazib, duolar qabul bo‘ladi, degan e'tiqodda duo qilishimiz lozim.

Savad-ul-azam.uz matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 27/03/2021 11:44;   Ko‘rilganligi: 59
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/reference/bu-kechani-bedor-otkazganga-jannat-vojib-boladi
Chop etilgan vaqti: 23/10/2021 10:39