Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Muhim ma'lumotlar

Baroat kechasi - qanday kecha ekanini bilasizmi?

 
 

فقال رسول الله صلي الله عليه و سلم: (أتردين أي ليلة هذه؟) قلت: الله و رسوله أعلم قال: هذه ليلة النصف من الشعبان إن الله عز و جل يطلع علي عبده في ليلة النصف من شعبان فيغفر للمستغفرين و يرحم المسترحمين و يؤخر أهل الحقد كما هم. (شعب الإيمان للبيهقي)

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«(Ey Oisha,) bu kecha qanday kecha ekanini bilasizmi?» dedilar. Men:
«Alloh va Uning Rasuli biluvchiroq», dedim.
«Bu sha'bonning o‘n beshinchi kechasidir. Alloh azza va jalla bu kecha O‘zining bandalariga rahmat nazari bilan qaraydi va mag‘firat so‘rovchilarni mag‘firat qiladi, rahm so‘rovchilarga rahm qiladi, dillarida musulmonlarga nisbatan gina, adovat saqlovchi kishilarni qanday bo‘lsa, shunday holatda qo‘yib qo‘yadi», dedilar.

عن أبي موسي الأشعاري رضي الله عنه عن النبي صلي الله عليه و سلم قال: (إن الله تعال ليطلع في ليلة النصف من شعبان فيغفر لجميع خلقه إلا لمشرك أو مشاحن). (سن ابن ماجة)

Abu Muso Ash'ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

«Alloh taolo sha'bonning o‘n beshinchi kechasida rahmat nazari bilan qarab, shirk keltiruvchi va qalbida birorta musulmonga nisbatan gina-adovat saqlovchi kishilardan boshqa barcha maxluqlarini mag‘firat qiladi».


Kiritilgan vaqti: 25/03/2021 10:38;   Ko‘rilganligi: 110
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/reference/baroat-kechasi-qanday-kecha-ekanini-bilasizmi
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 09:34