Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Otinoyi - murabbiyadir

 
 

Otinoyi - ayol-qizlar o‘qituvchisi, din va shariat bilimdoni, shuningdek ayollar o‘rtasidagi diniy marosimlarga boshchilik qiladigan, xalq orasida katta obro‘-e'tiborga sazovor bo‘lgan kayvoni ayol. Hatto "otin" so‘zi ma'rifatparvar ayollarni hurmatlab, ismiga qo‘shib ham aytilgan. Ular Qur'oni karim qiroati, tafsir, payg‘ambarlar tarixi, xalq og‘zaki ijodini yaxshi bilishgan. Bugungi kunda otinoylarning vazifalari doirasi juda kengaygan. Ular nafaqat diniy bilimlar egasi, balki yurtimizda kechayotgan ijobiy o‘zgarishlar, iqtisodiy, ta'lim va boshqa sohalarda olib borilayotgan islohotlar, jamiyatimiz ma'naviy, diniy hayotida kechayotgan o‘zgarishlarning faol ishtirokchisiga aylanishi lozim. Shu maqsadda otinoyilar faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning bilimlarini oshirib borish maqsadida o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda. Jumladan, Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan otinoyilar bilan shahar bosh imom-xatibi Zafar Mahmudov, o‘rinbosarlari Nursulton Abdumannonov va O‘tkir O‘mirqulovlar ham haftaning har juma kuni hududlarga bo‘lingan holda o‘quv mashg‘ulotlari olib bormoqda. Unda otinoyilarning vazifalari, shariat ahkomlarini xotin-qizlarga yetkazish, bid'at va xurofotlarga barham berish mavzularida suhbatlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, jum'a mav'izasi bilan ham ular tanishtirilib bormoqda. “savad-ul-azam.uz” axborot ximzati

Kiritilgan vaqti: 19/02/2021 11:19;   Ko‘rilganligi: 72
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/press/seminars-briefings/otinoyi-murabbiyadir
Chop etilgan vaqti: 02/12/2021 20:49