Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Urgut tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 5 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda Urgut tumanidagi mavjud 62 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor uchrashuv Urgut tumanidagi “Urgut markaziy” masjidida bo‘lib o‘tdi.

Otinoyilar bilan suhbat.

Samarqand shahar bosh imom xatibi Zafar Mahmudov Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan otinoyilar bilan uchrashib, yig‘ilish o‘tkazdi. 

Samarqand shahri bosh imom xatibining masjidlarga tashrifi

Samarqand shahri bosh imom xatibi Zafar domla Mahmudov bugun bomdod namoziga "Jumabozor" jome masjidiga tashrif buyurib masjid jamoati bilan dildan suhbatlashdilar va masjid qurilishi jarayoni bilan tanishib jamoatimizning haqkigi duo kildilar.  

Anjumanda kirish so‘zlari aytildi

Anjumanda dastlab Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov so‘zga chiqib, barcha qatnashchilarni ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand zaminida ko‘rib turganligidan mamnun ekanligini ta'kidlar ekan, bu ilmiy anjumanning Samarqand shahrida o‘tkazilayotgani va unda ishtirok etayotgan mehmonlarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish biz uchun yuksak faxr, deb aytdi.

O‘zbekiston, Afg‘oniston, Tojikiston ulamolari ishtirokida xalqaro anjuman boshlandi

Ayni paytda Samarqand shahrida"Imom Buxoriy merosining o‘ziga xos xususiyatlari va bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati" mavzusidagi O‘zbekiston, Afg‘oniston, Tojikiston ulamolari ishtirokida xalqaro anjuman boshlandi.

Imom noiblar ilmiy markaz va hadis maktabida bo‘ldi

Xabar berganimizdek O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filialida imom noiblar uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlangan edi.

Imom noiblar uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

Imom noiblar uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filiali 2019 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu markaz Imom Buxoriy xalqaro markaz qoshida tashkil etilgan. Shu kunga qadar Respublikamizdagi barcha imom-xatiblar, otinoyilarning malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tgan edi. Joriy yilning 18 fevral kuni birinchi marta imom noiblar uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Birinchi bosqichda Samarqand shahardan 17 nafar, Samarqand tumanidan 3 nafar imom noiblari mashg‘ulotlarda qatanashmoqda. Shuningdek, markaz mintaqaviy bo‘lgani uchun Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlaridan kelgan imom noiblar ham ushbu markazda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish darslarida ishtirok etmoqda. Tinglovchilar islomshunoslik - islom tarixi va manbashunoslik, qur'onshunoslik va hadisshunoslik, fiqh va kalom ilmi yo‘nalishida umumiy tayyorgarlik, umumkasbiy tayyorgarlik, mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlik, tanlov fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishtirok etadi. Eslatib o‘tamiz, o‘quv mashg‘ulotlari 3 martga qadar davom etadi.

Otinoyi - murabbiyadir

Otinoyi - ayol-qizlar o‘qituvchisi, din va shariat bilimdoni, shuningdek ayollar o‘rtasidagi diniy marosimlarga boshchilik qiladigan, xalq orasida katta obro‘-e'tiborga sazovor bo‘lgan kayvoni ayol. Hatto "otin" so‘zi ma'rifatparvar ayollarni hurmatlab, ismiga qo‘shib ham aytilgan. Ular Qur'oni karim qiroati, tafsir, payg‘ambarlar tarixi, xalq og‘zaki ijodini yaxshi bilishgan. Bugungi kunda otinoylarning vazifalari doirasi juda kengaygan. Ular nafaqat diniy bilimlar egasi, balki yurtimizda kechayotgan ijobiy o‘zgarishlar, iqtisodiy, ta'lim va boshqa sohalarda olib borilayotgan islohotlar, jamiyatimiz ma'naviy, diniy hayotida kechayotgan o‘zgarishlarning faol ishtirokchisiga aylanishi lozim. Shu maqsadda otinoyilar faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning bilimlarini oshirib borish maqsadida o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.