Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Xabarlar

Yangi qurilayotgan masjid mehrobiga ilk g‘isht qo‘yildi!

 
 

Masjidlar Allohga ibodat qilish uchun bino qilingan joylar bo‘lgani uchun ham ular “Baytulloh” –Allohning uyi deb ataladi. “Va albatta masjidlar Allohnikidir. Bas, Allohdan boshqaga duo qilmanglar”. (Jin surasi 18-oyat). 

 Masjidning mehrobi esa qiblani bildirib turuvchi, imom jamoat namozida joy olib turadigan o‘rin hisoblanadi. Xabaringiz bor, “Xo‘ja abdu Darun” joye masjidida yangi masjid binosi qurilayotgan edi. Bosqichma-bosqich qurilish ishlari olib borilayotgan binoda bugun uning mehrobiga ham ilk g‘ishtlar qo‘yildi. Ustoz Mahmudjon domla Ibodullayev, masjid imom-xatibi Zafar Mahmudov, masjid xodimlari, nuroniylar, ish olib borayotgan ustolar ishtirokida bu amal ijro etildi. Ushbu masjid tez kunlarda bitib, namozxonlar ixtiyoriga topshirilishi, uzoq yillar musulmonlar uchun ibodat maskani, ilm-ma'rifat taratuvchi makon bo‘lib xizmat qilishini Alloh taolodan so‘rab duoi xayrlar qilindi.

Alloh taolo ushbu masjidning barpo bo‘lishida o‘zlarining xayr-ehsonlari bilan hissa qo‘shayotgan, xizmat qilib turgan barchalar mo‘min-musulmonlarning ajru mukofotlarini ziyoda qilib bersin!

 “savad-ul-azam.uz” axborot xizmati  


Kiritilgan vaqti: 17/02/2021 16:52;   Ko‘rilganligi: 66
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/press/news/yangi-qurilayotgan-masjid-mehrobiga-ilk-gisht-qoyildi
Chop etilgan vaqti: 06/12/2021 22:24