Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Xabarlar

Ummatga dinning musaffo ta'limotini tushuntirib berish imom-xatiblarning vazifasidir

 
 

Musulmon jamoasiga, ayniqsa, ummatga bu dinning musaffo va to‘g‘ri ta'limotini oson va yengil tushuntirib berish imom-xatiblar, ahli ilmlarning vazifalari hisoblanadi. Har bir mahallada aholi tomonidan saylangan mahalla mullalari ham faoliyat olib bormoqda.

Ular aholining islomiy ma'naviyatni yuksaltirish, xalq orasidagi so‘nggi paytlarda ommalashib borayotgan ba'zi bir bid'at va xurofotlarga chek qo‘yish hamda bunga qarshi islomiy ta'limotlarni yetkazishi, hanafiy mazhabi haqida tushunchalar berish borasida ishlarni amalga oshrib kelmoqda.

Bugun, 2 may kuni “Xo‘ja abdu Darun” jome masjidida shahar bosh imom-xatibi Z.Mahmudov, masjidlarning imom-xatiblari va mahalla mullalari ishtirokida yig‘ilish bo‘ilib o‘tdi.  Unda mahalla mullalarining ish faoliyatidagi samaradorlikni yanada oshirish, ularning faoliyatini sertifikatlash, masjidlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, bilim saviyalarini oshirib borish, har juma kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan taqdim etilgan tezislar bilan mahalla imomlarini ta'minlash kabi masalalar muhokama qilindi.

  

Savad-ul-azam.uz matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 02/05/2021 13:26;   Ko‘rilganligi: 57
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/press/news/ummatga-dinning-musaffo-talimotini-tushuntirib-berish-imom-xatiblarning-vazifasidir
Chop etilgan vaqti: 23/10/2021 09:06