Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Xabarlar

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov “Savad-ul-azam.uz” saytining faoliyatiga tilak bildirdilar

 
 

Yangi ish boshlagan “Savad-ul-azam.uz” nomli diniy-ma'rifiy veb-saytmizning faoliyati haqida Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov o‘z mulohaza va tilaklarini bildirib, duoi xayrlar qildilar. Jumladan, “Alloh taolo ushbu xayrli ishlarga O‘zi madadkor bo‘lsin! Dinimizni rivoji, xalqimizning ma'naviyati, ma'rifatini yuksaltirishda xizmatchi bo‘lishini nasib qilsin. Mana shu diniy-ma'rifiy sayt va uning ijtimoiy tarmoqlardagi kanallaridan ko‘plab mo‘min-musulmonlar foydalanib, dinu diyonatini isloh qilishiga, yurti, xalqi, diniga muhabbatli bo‘lib, taqvolilar ziyoda bo‘lishiga sababchi bo‘lsin!”, deya xayrli ishning musulmonlar uchun manfaatli va davomiy bo‘lishini tiladilar.

      

Alloh taolo ustoz Nuriddin domlaning ham dinimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan xizmatlarida O‘zi madadkor bo‘lsin!

Sayt matbuot xizmati     


Kiritilgan vaqti: 27/01/2021 13:52;   Ko‘rilganligi: 126
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/press/news/toshkent-shahar-bosh-imom-xatibi-nuriddin-domla-xoliqnazarov-savad-ul-azamuz-saytining-faoliyatiga-tilak-bildirdilar
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 09:18