Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Xabarlar

Rustamjon domla “savad-ul-azam.uz” saytiga tabirik yo‘lladilar

 
 

Samarqand shahar bosh imom-xatibligi muassisligida o‘z ish faoliyatini boshlagan “savad-ul-azam.uz” diniy-ma'rifiy saytiga ulamolarimiz tomonidan tabrik va duolar bo‘lib turibdi.

Ko‘p yillardan buyon din xizmatida bo‘lib, ayni paytda Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi masjidda imomlik qilib kelayotgan Rustamjon domla Hamidov ommaviy chiqish va ma'ruzalari bilan musulmonlarga diniy ma'rifat ulashib kelayotgan ustoz ham “savad-ul-azam.uz” diniy-ma'rifiy sayti haqida fikrlarini bildirib, faoliyatining rivojiga tilaklar izhor qildi. Jumladan, domla shunday dedi: “Azizi birodarlar, xossatan, Samarqand ahli, Samarqand shahar bosh imom-xatiblari Zafar domla bilan suhbatlashmoqdamiz. Bir ajoyib tashabbus bo‘lib turgan ekan, Savad-ul-azam degan (sayt) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislariga muvofiq. Birodarlar, Samarqand shahri ahli, Savadul a'zamda bitta bo‘linglar. Hamma bir aqidada bo‘lsa, sof aqidada bo‘lsa, birga birga bu bu dunyodan yaxshi o‘tsak, hech kim ajrab qolmasa. Qur'oni karimda jannatga tushganlar do‘zaxga tushganlardan so‘raydi mazmunidagi oyat bor. Shu joyda men taassuf qiladigan narsamki, ular (jannat ahli do‘zax ahliga qarata) sizlar bilan biz bitta joyda yashagan edikku, bitta havodan nafas olgan edik, bir xil ovqat yedik, sizlarni bu joyga nima olib keldi, deyishadi. Savadul a'zamdan maqsad, shunaqa birorta odam (do‘zaxda) qolib ketmasa, hech kimni do‘zaxga tortib ketadigan amal tortmasa. Barchalaringizga tashakkur, Savadul a'zam mualliflari omon bo‘lishsin. Haqiqiy xaliqimiz uchun yetakchi, jannat yo‘lida yetakchi bo‘lsin. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh”.

         Biz ham o‘z navbatida domlaning dinimiz rivoji, xalqimizning diniy ta'limotini oshirishda hormay-tolmay mehnat qilishlariga Alloh taolodan madadlar ato etishini so‘rab qolamiz.

Ushbu suhbatning videolavhasini quyidagi manzillar orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://t.me/savad_ul_azam  https://www.youtube.com/embed/68I962LQGLs"

Sayt axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 28/01/2021 13:00;   Ko‘rilganligi: 383
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/press/news/rustamjon-domla-savad-ul-azamuz-saytiga-tabirik-yolladilar
Chop etilgan vaqti: 23/10/2021 10:12