Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Xabarlar

Prezident Samarqanddagi suhbatlaridan

 
 

-Tuman hokimlari va sektor rahbarlari ellik foiz vaqtini faqat “mahallabay” piyoda yurib, aholining daromadini so‘raydi, masalasini o‘rganadi, – dedi Prezident.

Davlatimiz rahbarining Samarqand viloyati faollari, sohalar rahbarlari bilan bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilish davom etmoqda.
Yig‘ilishda xalqni rozi qilish, “mahallabay” ishlash tiziming mohiyati, bu borada natijaga erishish uchun nimalarga e'tibor qaratish lozimligi haqida qator fikrlar bildirildi.

– Tuman hokimlari va sektor rahbarlari bugundan boshlab o‘zlarining ish tizimini tubdan o‘zgartiradi. Ular ellik foiz vaqtini faqat “mahallabay” piyoda yurib, aholining daromadini so‘raydi, masalasini o‘rganadi, – dedi Prezident.

Prezidentimiz rahbarlarni ish tartibini o‘zgartirishga chaqirar ekan, endi ishxonadan chiqmay, o‘tirib ishlash davri o‘tganini yana bir bor alohida ta'kidladi.


Kiritilgan vaqti: 16/04/2021 17:14;   Ko‘rilganligi: 51
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/press/news/prezident-samarqanddagi-suhbatlaridan
Chop etilgan vaqti: 23/10/2021 10:32