Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Xabarlar

Imomlarning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 
 

Bugun Samarqand shahar Xo‘ja abdu darun jome masjidida shahar imom xatiblarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat bosh imom xatibi Zeshonqulov ham qatnashdi. Yig‘ilishda, ramazon oyiga tayyorgarlik, xatmi quron o‘tkaziladigan masjidlar ro‘yxatini shakllantirish, saxovat tadbirlarini yo‘lga qo‘yish, diniy ma'rifiy ko‘rsatuvlar tayyorlash, maqola va chiqishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, bilim maskanlari va aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini davom ettirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat bosh imom xatibi Z Eshonqulov imom xatiblarning bugungi vazifalari haqida to‘xtalar ekan, ular doimo o‘z ustlarida ishlashlari bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishlari haqida to‘xtalib jumladan shunday dedi,  “Agar bugun kechagi bilimimiz bilan kifoyalanib qolsak, aniqki har jabhada yutqazgan bo‘lamiz. Masjidlarda jamoat uchun barcha sharoitlarni hozirlash, ularga sof islom ta'limoti, mazhabimiz asoslarini yetkazib berish, xalqimizga pok dinimizni yanada yaxshiroq tushuntirish har doimgidek imom xatiblarning muhim vazifalaridan bo‘lib qoladi”.

Shuningdek, shahar imom xatibligi bugundan boshlab o‘z ish faoliyatini “Xo‘ja abdu Darun” jome masjidida joylashgan yangi idora binosida olib borishi qatnashchilarga ma'lum qilinib ularga bino tanishtirildi.


Kiritilgan vaqti: 24/02/2021 17:43;   Ko‘rilganligi: 85
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/press/news/imomlarning-yigilishi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 18:53