Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Xabarlar

Imom noiblar uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

 
 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filiali 2019 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu markaz Imom Buxoriy xalqaro markaz qoshida tashkil etilgan. 

Shu kunga qadar Respublikamizdagi barcha imom-xatiblar, otinoyilarning malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tgan edi. Joriy yilning 4 oktyabr kuni imom noiblar uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Birinchi bosqichda Samarqand shahardan 1 nafar, Samarqand tumanidan 3 nafar imom noiblari mashg‘ulotlarda qatanashmoqda. Shuningdek, markaz mintaqaviy bo‘lgani uchun Buxoro, Navoiy, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridan kelgan imom noiblar ham ushbu markazda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish darslarida ishtirok etmoqda.


Kiritilgan vaqti: 08/10/2021 13:00;   Ko‘rilganligi: 11
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/press/news/imom-noiblar-uchun-malaka-oshirish-oquvlari-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 23/10/2021 09:54