Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Xabarlar

Ilmiy asarlari

 
 

Shar'iy va arabiy ilmlarda bir qancha kitoblar ta'lif etganlar. Ular turk, ingliz, fransuz, malaviy, husaviy va bundan boshqa Islom olamidagi tillarga tarjima qilingan. Ushbu kitoblarning ba'zisini universitetda dars berish mobaynida va yana ba'zisini darsdan bo‘shagan paytlarida ta'lif etdilar. Ta'lifdan tashqari yana boshqa faoliyatlari ham bor edi.

Jumladan, Makkai Mukarramadagi Masjidul Haromda kunlik dars va mavsumiy fatvo. Shuningdek, Jidda shahridagi masjidlarning birida haftada bir marta tafsirdan dars. Ushbu dars sakkiz yildan beri davom etib, taxminan Qur'onni uchdan ikki qismi tamomlandi. U darslar tasmalarga yozib borilgan.

Bundan tashqari shayx hazratlari televizorda namoyish etilishi uchun Qur'onni mukammal holda tafsir qilganlar. U dars 600 seriyalik barnoma bo‘lib, ikki yil mobaynida, ya'ni 1419 hijriy, 1999 melodiy yili oxiriga yetdi.

Alloh taolodan ulug‘ ustoz, Muhammad Ali ibn shayx Jamil Sobuniy hazratlarini O‘z rahmatiga olishini, qilgan ezgu amallari, Islomga qilgan xizmatlarini husni qabul aylab, go‘zal mukofotlar bilan siylashini so‘raymiz. Parvardigorimiz bu ustozimizning joylarini Firdavs jannatidan aylasin. Bu judolikda musibatga uchragan barcha azizlarimizga chin yurakdan ta'ziya izhor qilamiz. Alloh ummat uchun xayri salaflarga xayri xalaflar bersin.


Kiritilgan vaqti: 23/03/2021 10:05;   Ko‘rilganligi: 89
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/press/news/ilmiy-asarlari
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 19:06