Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Xabarlar

El ko‘ngliga chun davo Kalomulloh erur

 
 

Davlatshoh Samarqandiy Alisher Navoiyni “Mir Nizomiddin”, ya'ni “dinning nizomi – qonuni” deb bejiz ulug‘lamagan. Hazrat Navoiyning deyarli barcha asarlarida, xususan, “Xamsa” dostonlarining muqaddimalarida Allohga hamd, Payg‘ambarga na't, munojot va Rasululloh s.a.v madhining mavjudligiyoq bu fikrni tasdiqlaydi. Alisher Navoiy shariat va tasavvuf ilmining chuqur bilimdoni, nazariyotchisi sifatida namoyon bo‘lgan mutafakkirdir.         

Bugun Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Samarqand shahridagi “Faqih Abu Lays” jome masjidida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand shahar bosh imom xatibi Zafar Mahmudov, Navoiyshunos olimlar, SamDU talabalari qatnashdi.

Olam eli ichra gar gado, gar shoh erur,

Ne dardki, ul ko‘ngli aro hamroh erur.

Qur'onni tilovat etsun ar ogoh erur,

El ko‘ngliga chun davo Kalomulloh erur


Kiritilgan vaqti: 09/02/2021 16:11;   Ko‘rilganligi: 95
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/press/news/el-kongliga-chun-davo-kalomulloh-erur
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 18:37