Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

E'lonlar

Eslatib o‘tamiz:

 
 

Samarqand shahridagi quyidagi masjidlarda belgilangan kunlarda Qur'oni Karim xatmi nihoyasiga yetadi.

Xo‘ja Nisbatdor masjidi - 5-may kuni
Shohi Zinda masjidi - 5-may kuni
Xo‘ja abdu Darun masjidi - 7-may kuni
Namozgoh masjidi - 8-may kuni
Lohutiy masjidi - 8-may kuni
Yangi Obod masjidi - 11-may kuni
Xo‘ja Is'hoqi Vali masjidi - 11-may kuni
Qo‘sh Hovuz masjidi - 11-may kuni


Rosululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagi hadisi shariflarida Qur'oni Karimning xatmidan keyin duo qilish qay darajada ulug‘ yekanligini bayon qilib beradilar.
Qoza'a ibn Suvayd Humayd al-A'rojdan rivoyat qiladi: «Kim Qur'on o‘qib, keyin duo qilsa, uning duosiga to‘rt ming farishta «omiyn», deb turadi» (Dorimiy rivoyati.

Qur'oni Karimni tinglovchilarga ham ulkan savob bor!
hanafiy ulamolarimiz bir insonning Qur'on tinglashi o‘zi qiroat qilishidan afzaldir, deyishadi. Chunki, tinglovchi tinglashi bilan farzni ado qiladi. Qur'on qiroati esa, farz emas. Abu Su'ud: “Qur'on tinglash qiroat qilishdan savobliroqdir, chunki tinglash farz, qiroat farz emas”, degan.
Eng muhimi bu Payg‘ambarimizning sunnatlari hamdir. Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhum aytadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) menga: “Menga qiroat qilib bergin”, dedilar. Men: “Ey Rasululloh, Qur'on sizga nozil qilingan bo‘lsa, sizga men qiroat qilib berayinmi?”, dedim. U zot “Ha”, dedilar.Boshqa rivoyatda “Men Qur'onni boshqadan eshitishni xush ko‘raman”, dedilar. Men “Niso” surasini o‘qib, “Har bir ummatdan (o‘z payg‘ambarini) guvoh sifatida keltirganimizda va sizni (ey, Muhammad!) ularga guvoh qilib keltirganimizda, (ularning holi) ne kechur?!” oyatiga yetganimda, “Yetarli” dedilar. Qarasam ikki ko‘zlaridan yosh oqayotgan ekan”, deyilgan.

Savad-ul-azam.uz matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 01/05/2021 13:46;   Ko‘rilganligi: 77
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/press/announcements/eslatib-otamiz
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 18:13