Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

E'lonlar

E'lon!!!

 
 

Bugun Samarqand shahridagi quyidagi masjidlarda Qur'oni Karim xatmi nihoyasiga yetadi.

Qo‘shbaqqoli masjidi - 26-aprel (Dushanba) kuni
Xo‘ja Zudmurod masjidi - 26-aprel (Dushanba) kuni

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagi hadisi shariflarida Qur'oni Karimning xatmidan keyin duo qilish qay darajada ulug‘ yekanligini bayon qilib beradilar.
Qoza'a ibn Suvayd Humayd al-A'rojdan rivoyat qiladi: «Kim Qur'on o‘qib, keyin duo qilsa, uning duosiga to‘rt ming farishta «omiyn», deb turadi» (Dorimiy rivoyati).

Qur'oni Karimni tinglovchilariga ham ulkan savob bor!
Hanafiy ulamolarimiz bir insonning Qur'on tinglashi o‘zi qiroat qilishidan afzaldir, deyishadi. Chunki, tinglovchi tinglashi bilan farzni ado qiladi. Qur'on qiroati esa, farz emas. Abu Su'ud: “Qur'on tinglash qiroat qilishdan savobliroqdir. Chunki tinglash farz, qiroat farz emas”, degan.
Eng muhimi bu Payg‘ambarimizning sunnatlari hamdir. Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu aytadilar: “Rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) menga: “Menga qiroat qilib bergin”, dedilar. Men: “Ey Rosululloh, Qur'on sizga nozil qilingan bo‘lsa, sizga men qiroat qilib berayinmi?”, dedim. U zot “Ha”, dedilar. Boshqa rivoyatda “Men Qur'onni boshqadan eshitishni xush ko‘raman”, dedilar. Men “Niso” surasini o‘qib, “Har bir ummatdan (o‘z payg‘ambarini) guvoh sifatida keltirganimizda va sizni (ey, Muhammad!) ularga guvoh qilib keltirganimizda, (ularning holi) ne kechur?!” oyatiga yetganimda, “Yetarli” dedilar. Qarasam ikki ko‘zlaridan yosh oqayotgan ekan”, deyilgan.

Samarqand shahar bosh imom xatibligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 26/04/2021 11:01;   Ko‘rilganligi: 91
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/press/announcements/elon
Chop etilgan vaqti: 06/12/2021 22:43