Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

E'lonlar

2021–2022 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi

 
 

2021–2022 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkazish reja qilinmoqda:

Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga:

– Fiqh va aqoid (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball;

– Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 X 2,1 – 63 ball;

– O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

Hadis ilmi maktabiga:

– Hadis va Mustalahul hadis (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 X 3,1 – 93 ball;

– Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 X 2,1 – 63 ball;

– O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

O‘rta maxsus diniy ta'lim muassasalariga:

– Xorijiy til (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball;

– Tarix (test sinovi) 30 X 2,1 – 63 ball;

– Ma'naviyat va ma'rifat (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

Ma'lumot uchun, o‘tgan yili yurtimizda pandemiya sabab O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta'lim muassasalarida qabul imtihonlari 3 ta fandan ikkitaga qisqartirilgan edi. Unga ko‘ra Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga kirish uchun “O‘zbekiston tarixi” va “Fiqh va aqoid” fanlari, Hadis ilmi maktabida “O‘zbekiston tarixi” va “Hadis va Mustalahul hadis” fanlaridan, shuningdek, o‘rta maxsus islom ta'lim muassasalariga “Tarix” va “Xorijiy til”bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilgan edi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta'lim va ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi


Kiritilgan vaqti: 29/05/2021 13:59;   Ko‘rilganligi: 101
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/press/announcements/20212022-oquv-yili-uchun-kirish-imtihonlari-quyidagi-fanlar-boyicha-otkaziladi
Chop etilgan vaqti: 28/11/2021 05:06