Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Тазкия

SAYYIDUL ISTIG‘FOR

 
 

عَنْ شَدَّادِ بْنِ أَوْسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: سَيِّدَ الْاِسْتِغْفَارِ أَنْ تَقُولَ: اللَّهُمَّ أَنْتَ رَبِّي لَا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ، خَلَقْتَنِي وَأَنَا عَبْدُكَ، وَأَنَا عَلَى عَهْدِكَ وَوَعْدِكَ مَا اسْتَطَعْتُ، أَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا صَنَعْتُ، وَأَبُوءُ لَكَ بِنِعْمَتِكَ عَلَيَّ، وَأَبُوءُ لَكَ بِذَنْبِي فَاغْفِرْ لِي فَإِنَّهُ لَا يَغْفِرُ الذُّنُوبَ إِلَّا أَنْتَ. وَمَنْ قَالَهَا مِنَ النَّهَارِ مُوقِنًا بِهَا فَمَاتَ مِنْ يَوْمِهِ قَبْلَ أَنْ يُمْسِيَ فَهُوَ مِنْ أهْلِ الْجَنَّةِ، وَمَنْ قَالَهَا مِنَ اللَّيْلِ وَهُوَ مُوقِنٌ بِهَا فَمَاتَ مِنْ يَوْمِهِ قَبْلَ أَنْ يُصْبِحَ فَهُوَ مِنْ أَهْلِ الْجَنَّةِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا مُسْلِمًا

Shaddod ibn Avs roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Istig‘forning sayyidi «Allohumma anta robbii. Laa ilaaha illa anta. Xolaqtaniy. Va ana abduka va ana ala ahdika. Va va'dika mastato'tu. A'uuzu bika min sharri maa sona'tu. Abuu'u laka bi ne'matika alayya. Va Abuu'u laka bi zanbiy. Fag‘fir liy. Fa innahu laa yag‘firuz-zunuba illaa anta», demog‘ingdir.
Kim uni ishonch bilan nahorda aytsa, o‘sha kuni kech kirishidan oldin o‘lib qolsa, ahli jannatdan bo‘lur. Kim uni ishonch bilan kechasi aytsa, o‘sha kuni tong otishidan oldin o‘lib qolsa, ahli jannatdan bo‘ladi».
Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan.

Ma'nosi: «Ey Allohim! Sen Robbimsan! Sendan o‘zga iloh yo‘q. Sen meni xalq qilding. Men Sening bandangman. Men qodir bo‘lganimcha Sening ahding va va'dangdaman. Sendan o‘zim qilgan narsalarning yomonligidan panoh tilayman. Sening menga bergan ne'matingni e'tirof qilaman. Senga gunohlarimni ham e'tirof qilaman. Meni mag‘firat qil. Sendan boshqa hech bir zot gunohlarni mag‘firat qilmas».

Ushbu «Sayyidul istig‘for» nomi ila mashhur bo‘lgan duoni o‘qib yurishni ko‘pchilik azizlar odat qilishgan. Duoni yaxshilab yod olib, o‘qib yurmoqni har bir musulmon odat qilishi lozim.

«Ruhiy tarbiya» kitobidan


Kiritilgan vaqti: 16/03/2021 11:59;   Ko‘rilganligi: 122
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/tazkiyah/sayyidul-istigfor
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 10:28