Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Тазкия

ESLATMA:

 
 

TAKBIRI TASHRIQ AYTISHNI UNUTMANG:

Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillaahil hamd.

Ma'nosi: Alloh buyukdir, Alloh buyukdir. Alloh taolodan o‘zga iloh yo‘qdir. Alloh buyukdir, Alloh buyukdir va hamd Alloh taolo uchundir.

Takbiri tashriq arafa kuni, ya'ni 19 iyul bomdod namozidan boshlab Hayitning to‘rtinchi kuni, ya'ni 23 iyul asr namoziga qadar aytiladi:

19 iyul – 5 mahal,
20 iyul – 5 mahal,
21 iyul – 5 mahal,
22 iyul – 5 mahal,
23 iyul – 3 mahal.

Jami 23 mahal namozda Takbiri tashriqni bir marotaba aytish vojib amal sanaladi. Ayollar takbiri tashriqni maxfiy aytadilar.

Namozga kechikib qo‘shilgan kishi ham namozini to‘liq qilgandan keyin takbiri tashriqni aytadi.


Kiritilgan vaqti: 19/07/2021 10:26;   Ko‘rilganligi: 56
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/tazkiyah/eslatma
Chop etilgan vaqti: 23/10/2021 09:01