Тазкия

KAMTARLIK – GO‘ZAL FAZILAT

Kamtarlik dinimizda e'zozlangan, da'vat qilgan fazilat. Barcha davrlarda, hamma yurtlar va xalqlarda kamtarlik ulug‘langan. Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi: «Yer yuzida kibru havo ila yurma! Albatta, sen zinhor yerni teshib yubora olmaysan va bo‘yda tog‘larga yeta olmaysan!» (Isro surasi, 37-oyat).

O‘n toifaning namozi qabul emas

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «O‘n nafar kishi bordirki, ularning namozlarini Alloh qabul qilmaydi:

YAXSHILIKKA BUYURING

Yaxshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarish har bir moʼmin-musulmonning vazifasidir. Bu haqda Abu Saʼid Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan kim yomon, munkar ishni koʼrsa, uni qoʼli bilan oʼzgartirsin, agar unga ham qodir boʼlmasa, tili bilan qaytarsin, tili bilan ham monelik qila olmasa, unda qalbi bilan qaytarsin, ana oʼsha imonning zaifligidir”, dedilar.

SHAYTON MAG‘LUB BO‘LGUNICHA

Abdulloh ibn Harib roziyollohu anhu Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib dedi:- Ey Allohning Rasuli! Men ko‘p gunoh qilib qo‘ymoqdaman.Rasululloh sallollohu alayhi va sallam unga dedilar:- Allohga tavba qil va istig‘for ayt.

ESLATMA:

TAKBIRI TASHRIQ AYTISHNI UNUTMANG: Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillaahil hamd.

Qurbonlik manfa'ati

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: »مَا عَمِلَ ابْنُ آدَمَ يَوْمَ النَّحْرِ عَمَلًا أَحَبَّ إلَى اللَّهِ مِنْ هِرَاقَةِ دَمٍ وَإِنَّهُ لَتَأْتِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ بِقُرُونِهَا وَأَظْلَافِهَا وَأَشْعَارِهَا وَأَنَّ الدَّمَ لَيَقَعُ مِنَ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ بِمَكَانٍ قَبْلَ أَنْ يَقَعَ عَلَى الْأَرْضِ فَطِيبُوا بِهَا نَفْسًا .«رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ.

Takbiri tashriq

Hanafiy mazhabida tashriq kunlari Qurbon hayiti kunidan keyingi uch kun hisoblanadi. Tashriq degani go‘shtni quritish deganidir. Musulmonlar qurbonlik go‘shtlarini odatda ushbu kunlarda quritgani bois shunday atalgan. 

Qurbonlik kimlarga vojib bo‘ladi

«Albatta, Biz senga Kavsarni berdik. Bas, Robbingga namoz o‘qi va jonliq so‘y», degan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin! «Qurbonlik qilinglar! Chunki, u otangiz Ibrohimning sunnatidir», degan Nabiyimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavotu salomlar bo‘lsin!

Duolar qabul bo‘lishligi

Jaziriy o‘z asarlarida duolar qabul bo‘lishining quyidagi shartlarini zikr qilganlar: 1. Yeydigan, ichadigan, kiyadigan narsalari va yashaydigan yerlari haromdan bo‘lmasligi lozim. 2. Duo paytida ixlosli bo‘lishi zarur. 3. Musulmonlarga qarshi bo‘lmasligi kerak.

Haq yo‘li va zalolat yo‘li

Alloh taolo shunday marhamat qiladi: «Albatta, bu Mening to‘g‘ri yo‘limdir. Bas, unga ergashing. Va boshqa yo‘llarga ergashmangki, sizni U Zotning yo‘lidan ajraturlar. Ushbularni sizga tavsiya qildikki, shoyad taqvo qilsangiz». (An'om surasi, 153- oyat). 1. Alloh taolo bizlarni to‘g‘ri yo‘lga – Islomga ergashishga buyurdi. Allohning ulug‘ kitobida, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida kelgan ko‘rsatmalarga muvofiq amal qilishimizga, sahoba roziyallohu anhumlar u zotdan qabul qilib olib, o‘zlaridan keyingilarga yetkazganlariga, keyin hozirgi kunimizgacha avloddan-avlodga o‘tib kelgan ilmlarga muvofiq, har bir zamon va makonda siqo – ishonchli ulamolar silsilasi naql qilgan shar'iy ilmlarga muvofiq yo‘l tutishimizga buyurdi.