Оқимлар

MAZHABSIZLIK

Hozirgi kunda Islom diniga nisbatan butun dunyoda qiziqish va intilish kuchayib, uning shuhrati yanada keng yoyilayotganligi hammaga ma'lum. Ammo buni ko‘ra olmaydiganlar tomonidan bunga qarshi turli nayranglar o‘ylab topilayotganligi hech kimga sir bo‘lmay qoldi.

SOXTA SALAFIYLIK HAQIDA

Salafiylik bu- islomdagi axkom va fatvolarning xar bir zamon taqozosiga qarab emas xijriy sananing dastlabki uch asriga muvofiq ravishda xayotga tadbiq etishni targ‘ib qiluvchi oqimdir. Bu oqim arab musulmon mamlakatlarida tarqalgan bo‘lib, bugungi kunda o‘rta osiyoga xam kirib kelmoqda. Bu oqim tarafdorlari islom dinining xar bir zamon va xar bir makonga moslasha olishini tan olmaydilar. O‘n to‘rt asrdan beri islom dinining yetuk allomalari faqixu, mujtaxidlari qabul qilgan fatvolarga amal qilishiga qarshi chiqadilar.

Soxta salafiylarning ajoyibotlaridan

Soxta salafiylar shayxlari va ularning yo‘llaridan yurganlarning eng katta ajoyibotlaridan, ular Ash'ariy va Moturidiy olimlarning meroslari, kitoblari va ilmlaridan olishadi-da va ularning e'tiqodi buzuq deb tuhmat toshlarini otishadi. 

Mujassimalar va Moturudiylar

Mujassima: Alloh qayerda? Moturidiy: Alloh makondan munazzahdir (pokdir). Mujassima: Joriya hadisini bilmaysanmi? Joriya Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning savoliga «Fis-sama (osmonda)», deb javob bergan. Moturidiy: «Fiy» yuklamasi - Alloh osmonning ichida bo‘lishini anglatadi. Mujassima: Yo‘q, «Fiy» - «ustida» degani. Moturidiy: Xo‘p, qaysi osmonning ustida? (Sizningcha) Birinchimi, ikkinchimi? Bu hadisda bayon etilmagan. Mujassima: 7 osmonning ustida. Moturidiy: 7 osmonning ustida arsh bor. Siz esa Alloh 7 osmonning ustida deyapsizlar. Mujassima: Ha, 7 osmonning ustida. Lekin Alloh arshning ustida. Moturidiy: Xo‘p, lekin hadisda faqatgina «Fis-sama» bo‘lib kelyapti. Bu ta'villarni qayerdan olyapsizlar? Sizlar zohiriga ko‘ra iymon keltirardingiz-ku? Shunday ta'villar qilyapsizki, zohiriga qarab emas, o‘zingizning vahimali e'tiqodingizga qarab ta'vil qilmoqdasizlar. Ta'vil qilish harom edi-ku? Mujassima:

“Hizbut-tahrir” ekstremistik tashkilotining fikriy va aqidaviy g‘oyalari

Buyuk tobeinlardan Hasan al-Basriy suhbatlarida tinglovchilik qilib yurgan Vosil ibn Ato nomli shaxs ajrab chiqdi. U o‘sha davrda ahli sunna aqidasidan o‘zining “al-manzila baynal-manzilatayn” ya'ni, “oraliq manzil” tushunchasi bilan ajrab chiqqan edi. Uning iddaosicha katta gunoh qilganlar iymonidan ajraydi biroq, kofir ham bo‘lmaydi.

Soxta salafiylarga raddiya!

Ular juda ham katta da'vo qilishib: Biz Qur'on va Sunnatni salafi solihlar fahmi ila tushunamiz, deyishadi.Aslida esa bu da'volari safsata va yolg‘ondir.Hozir isbot qilib beramiz.

Salafiylik aslida nima...?

So‘ngi yillarda ommaviy axborot vositalari orqali va ko‘plab internet saytlarida hamda ba'zi ahli ilmlar orasida salaflar va salafiylik haqida turli xil gap so‘zlar tarqalmoqda. Aslida “Salaf” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib lug‘atda “avvalgilar”, “ajdodlar” va “avval yashab o‘tganlar” ma'nosini bildiradi. Istilohda esa ma'lum bir davrga va ma'lum bir insonlarga aytiladi. Hadisi sharifda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam «Zamonni yaxshisi mening zamonimdir, so‘ng ularga yaqin bo‘lganlarning zamoni, so‘ng ularga yaqin bo‘lganlarning zamonidir» - deb marhamat qilganlar.

“Hizbut tahrir” – zalolatga boshlovchi firqa

“Hizbut-tahrir” partiyasi Islom dushmanlari tomondan musulmon jamiyatlarini parchalash uchun tashkil etilgan diniy-siyosiy oqimdir. Rahnamolari, asosan, g‘arb mamlakatlaridan panoh topuvchi bu toifaning muassisi Taqiyuddin Nabahoniy (1909–1977) bo‘lib, u 1948 yili guruhga asos solgan.

Soxta salafiylik xatari

Hozirgi kunda kundalik hayotimiz va ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga jalb qiluvchi mavzulardan biri “SALAFIYLIK” mavzusi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Har bir e'tiqod qiluvchi shaxs Islomning ilk davridagi salaflar hayotidagi iymon va taqvo ziyosini o‘z hayotida ko‘rinishni istaydi. Haqiqatda Islom ummatining ilk uch asrida yashab o‘tgan salafi solihlarning hayoti qiyomatga qadar keladigan ahli iymon uchun ibrat bo‘ldi. Ushbu salaflarimiz hayoti barchaga namuna bo‘lib, ummat ishining rivoji, hamjihatligi, birdamligi, din nusrati yo‘lida xizmat qilgan bo‘lsa, afsuski hozirda bu da'voni qiluvchilar ya'ni “salafiylar” ning hatti harakatlari ummatning parokandaligi va ixtiloflariga sabab bo‘lmoqda. Quyida “salafiylik” da'vosini qiluvchilarning nizolashuv sabablarini e'tiqodiy va fiqhiy jihatlaridan ko‘rib chiqamiz.

SOXTA SALAFIYLIK

Aqidaparast oqimlardan biri Soxta salafiylikdir.  So‘ngi yillarda “salaf solihlarga ergashish” shiorini niqob qilib olgan, musulmon jamiyatlarini ilk islom davri holatiga qaytarishni  targ‘ib qiluvchi mutaassib soxta salafiylar paydo bo‘lganini alohida qayd etish lozim. Xo‘sh buning xavfi qay darajada? Ularning da'volari va ko‘rinishlari nimalardan iborat?