Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Hadislar

Xuddi selning ko‘pigi kabi (vazni yo‘q) ko‘pik bo‘lasizlar.

 
 

Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

"Hali ustingizga xalqlar xuddi (ochofat) yemakxo‘rlar (ovqat solingan) tovoqqa tashlanganidek yopirilib keladi". Biz: "Yo Rosulalloh o‘sha kuni ozchilik bo‘lganimizdanmi?"deb so‘radik. Sizlar u kuni ko‘pchilik bo‘lasizlar, lekin xuddi selning ko‘pigi kabi (vazni yo‘q) ko‘pik bo‘lasizlar. Dushmanlaringiz qalbidan haybatingiz olib qo‘yiladi va qalblaringizga "vahn" solinib qo‘yiladi", dedilar. "Vahn" nima?, dedik. "Dunyoga muhabbat qo‘yish va o‘limni yomon ko‘rish", deb javob berdilar.


Kiritilgan vaqti: 20/05/2021 15:50;   Ko‘rilganligi: 73
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/hadiths/xuddi-selning-kopigi-kabi-vazni-yoq-kopik-bolasizlar
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 08:50