Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Hadislar

Kimning iymoni ajoyib?

 
 

Amr ibn Shu'aybdan, u otasidan, u bobosidan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sizningcha kimning iymoni ajoyib?» – dedilar.
«Farishtalarniki», – deyishdi.

«Ular Robbilarining oldida turib iymon keltirmasalar, qanday bo‘ladi?» – dedilar.
«Nabiylarniki», – deyishdi.
«Ularga vahiy tushib turib iymonga kemasalar, qanday bo‘ladi?» – dedilar.
«Bizniki», – dedilar.
«Men oralaringizda turib iymon keltirmasalaringiz, qanday bo‘ladi?» – deb turib, so‘ngra o‘zlari javob qildilar:
«Men uchun xaloyiqning ichida iymoni ajoyibi sizlardan keyin, sahifalardagi kitobga iymon keltirgan qavmlardir», – dedilar».
Hokim rivoyat qilgan.


Kiritilgan vaqti: 20/02/2021 13:44;   Ko‘rilganligi: 88
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/hadiths/kimning-iymoni-ajoyib
Chop etilgan vaqti: 02/12/2021 21:39