Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Hadislar

HAR KUNI MING SAVOB OLISHNI XOXLAYSIZMI?

 
 

Mus'ab ibn Sa'd roziyallohu anhudan, u kishi otasidan bunday rivoyat qiladilar:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida edik. Bas, u zot:
- «Sizlardan biringiz har kuni ming savob kasb qilishdan ojiz bo‘lurmi?» dedilar.
Shunda u zotning ham majlislaridan bir kishi:
- «Qandoq qilib birimiz ming hasana kasb qiladi?» deb so‘radi.
- «Yuzta tasbeh aytadi. Bas, unga mingta savob yoziladi va undan mingta xato o‘chiriladi», dedilar».

SHARH: Demak, bir marta «subhanallohi» degan bandaga o‘nta savob yozilar va undan o‘nta xato o‘chirilar ekan. Bundan Islomda savob kasb qilish juda ham osonligi kelib chiqadi. O‘sha savobni kasb qilishni ixtiyor qilganlar qani?!

«Hadis va Hayot» kitobidan


Kiritilgan vaqti: 23/03/2021 10:09;   Ko‘rilganligi: 98
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/hadiths/har-kuni-ming-savob-olishni-xoxlaysizmi
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 18:15