Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Фиқҳ

Uzrli kishining tahorati

 
 

Uzrli kishi kim? Kishining bavli tomib tursa, ya'ni uni ushlab turishning imkoni bo‘lmasa yoki qorni og‘rib ichi ketayotgan bo‘lsa yo yel chiqib turishi bilan kasallangan bo‘lsa va yoxud istihoza, ya'ni kasallik qoni kelib turgan bo‘lsa, xullas, shunga o‘xshash tahoratni buzib turuvchi narsalarga inson yo‘liqqan bo‘lsa, shu uzri bir vaqt farz namozi mobaynida to‘xtamasa, u kishi uzrli hisoblanadi. Ammo kishining uzri bir vaqt farz namozi mobaynida to‘xtasa, uzrli hisoblanmaydi. Masalan, bir kishining uzri peshinning avvalida boshlangan bo‘lsa va peshinning vaqti chiqib ketguncha to‘xtamasa, shu kishi uzrli hisoblanadi. Kishining uzri asr vaqtining kirishi bilan to‘xtab, to chiqib ketgunicha qaytalamasa, uzrli hisoblanmaydi. Uzrli kishi uchun namozni oxirgi vaqtiga olib borib o‘qish ma'quldir. Bu uning uzri to‘xtab qolish ehtimoli borligi uchundir.


Kiritilgan vaqti: 20/02/2021 13:58;   Ko‘rilganligi: 95
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/fiqh/uzrli-kishining-tahorati
Chop etilgan vaqti: 28/11/2021 04:14