Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Фиқҳ

Uzrli kishining hukmi

 
 

Uzrli kishi har bir namozning vaqti uchun tahorat qiladi va shu tahorati bilan o‘sha vaqtda xoh farz, xoh nafl bo‘lsin, istaganicha namoz o‘qishi mumkin. Har bir namozi uchun alohida tahorat qilishi vojib emas. 

Misol uchun uzrli kishi bomdodni uxlab qolib qazo qilgan bo‘lsa, quyosh nayza bo‘yi ko‘tarilgach, yangi tahorat bilan bomdodning qazosini o‘qiydi va shu tahorat bilan peshinni ham o‘qiy oladi, modomiki, uzrli yeridan boshqa joyida tahoratni sindiruvchi amal sodir bo‘lmagan bo‘lsa. Demak, uzrli kishining tahorati farz namozini o‘qib bo‘lishi bilan emas, balki vaqtining chiqishi bilan sinadi. Bomdodga qilingan tahorat quyosh chiqishi bilan, iyd namozi uchun qilingan tahorat peshin vaqti chiqishi bilan sinadi. Bir kishi peshinni o‘qib bo‘lib, yangi tahorat olgan bo‘lsa, keyin asr vaqti kirsa, peshinning vaqti chiqqanligi sababli tahorati sinadi va yana asr vaqti uchun alohida tahorat oladi.


Kiritilgan vaqti: 22/02/2021 17:15;   Ko‘rilganligi: 103
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/fiqh/uzrli-kishining-hukmi
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 08:42