Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Фиқҳ

Tahoratning makruhlari

 
 

Tahoratning makruhlari

Quyidagi ishlar tahoratda makruhi tanzihiy hisoblanadi:
1. Suvni isrof qilish;
(Izoh: Hatto uch marta yuvish sunnat bo‘lgan o‘rinlarni ikki marta yoki uch marta yuvganligi o‘rtasida shak qilib qolsa, modomiki, ikki marta yuvgan bo‘lsa ham, uch marta yuvganlikka hisob qiladi. Chunki shu o‘rinda ikki marta bilan kifoyalansa zarari yo‘q, ammo to‘rt marta bo‘lib ketsa, bid'at va isrof hisoblanadi. Demak ko‘payib ketish ehtimolidan saqlangan ma'quldir).

2. Suvni o‘ta kam ishlatishlik;
(Izoh: Hatto yuvish lozim bo‘lgan yerlarga suvning oqib bormasligi va u joylarni nam qo‘l bilan ishqalab, shu bilan kifoyalanish ham makruhdir).
3. Suvni yuzga zarb bilan urish;
4. Ro‘zador odamning burniga va og‘ziga suvni qattiq tortishi ham makruhdir. Chunki bunda ro‘zaning ochilib ketish xavfi bor;
5. Najosatli o‘rinlarda tahorat olish;
6. Tahorat asnosida zaruratsiz gaplashish;
7. Burun va og‘izga suv olish hamda niyatga o‘xshagan ta'kidlangan sunnatlarni tark qilishlik ham makruhdir.


Kiritilgan vaqti: 11/02/2021 15:49;   Ko‘rilganligi: 116
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/fiqh/tahoratning-makruhlari
Chop etilgan vaqti: 06/12/2021 23:07