Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Фиқҳ

Tahoratni sindiruvchi amallar

 
 

  1. Kishining orqa va oldi najosat yo‘lidan chiqadigan har qanday narsa tahoratni sindiradi. Ular xoh bavl, xoh yel bo‘lsin, xoh najosat, xoh qurt bo‘lsin, farqi yo‘q. Yana shu ikki yo‘ldan biriga barmoqning kirishligi yoki orqaga huqna (klizma) qilib chiqarib tashlashlik bilan ham tahorat sinadi;
  1. Badanning qaysi joyidan qon yoki yiring chiqsa-yu, toza joyga yoyilsa ham, tahorat buziladi. (Izoh: Lekin jarohat katta bo‘lsa-yu, chiqqan qon yoki yiring shu jarohat ichida aylanib yursa, tahorat sinmaydi.)
  2. Og‘iz to‘ldirib qayt qilishlik bilan ham tahorat sinadi. Inson qayt qilganda og‘zi to‘lib gapira olmay qolsa yoki og‘zini berkita olmasa, shu og‘zi to‘lib qayt qilgan, deyiladi. (Izoh: Og‘zi to‘lmay ozgina qayt qilsa, xuddi kekirganda sinmaganidek tahorat sinmaydi.)
  3. Yoki inson qon qayt qilsa-yu, tupugiga qonning rangi g‘olib bo‘lib qizarsa, sinadi. Ammo tupugining rangi sarg‘aysa, sinmaydi;

(Izoh: Demak, bunda og‘izning to‘lishiga emas, balki tupugining rangiga e'tibor beriladi. Ammo tish qonasa va qonagan yeridan oqib yoyilsa, tahorat sinadi, bu o‘rinda tupuk rangining e'tibori yo‘q. Ko‘pchilik buni chalkashtirib tushunadi. Demak, qon qayt qilganda tupugining rangi qizarganligi e'tibori bilan tahorat sinsa, tish qonaganda shu qonaganlik e'tibori bilan tahorat sinadi. Bu joyiga diqqat qiling!).

  1. Kishi yonboshlab yoki bir narsaga suyanib uxlasa va uyqusi shu suyangan narsasi olib qo‘yilganda yiqiladigan darajada bo‘lsa, tahorati sinadi;

Kiritilgan vaqti: 16/02/2021 09:42;   Ko‘rilganligi: 1302
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/fiqh/tahoratni-sindiruvchilar
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 10:01