Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Фиқҳ

G‘USL HAQIDA TUSHUNCHA

 
 

G‘uslning «bir narsaning ustidan suv oqizish» ma'nosi bor. Shariatda esa Alloh taologa yaqinlik niyatida badanning hamma yeriga suv oqizib tozalash «g‘usl» deyiladi. 

Inson shar'an tayin qilingan hollarda vujudidagi nopokliklarni ketkazish uchun g‘usl qilib tozalanishi shart. G‘usl qilishi lozim bo‘lgan odamning g‘usl qilmasdan namoz o‘qishi, Qur'on ushlashi yoki tilovat qilishi, masjidga kirishi va boshqa ibodatlarni ado etishi mumkin emas. Haj va umra uchun ehromga kirish, juma va hayit namozlari oldidan g‘usl qilish sunnat amallardan sanaladi.


Kiritilgan vaqti: 04/03/2021 16:17;   Ko‘rilganligi: 83
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/fiqh/gusl-haqida-tushuncha
Chop etilgan vaqti: 06/12/2021 23:06