Фиқҳ

NIKOH VA TALOQ Bir vaqtning o‘zida aytilgan «uch taloq»ning shar'iy hukmi

Bismillahir Rohmanir Rohim O‘zbek xalqi orasida nikoh rishtasining uch taloq bilan buzilishi oila a'zolari uchun uyatli ayb va or sanalishi hech kimga sir emas. Xalqimizning diniy ilmlardan xabari yo‘q, fiqhiy tushunchalari mukammal shakllanmagan quyi qatlami orasida ham mabodo “falonchi ayolini uch taloq qilibdi”, degan gap bo‘lib qolsa, bu katta bir oilaviy musibat sifatida qabul qilinib kelgan.

Qurbonlik masalalari to‘g‘risida

QURBONLIKNING NIYATI Masala: Boy odam qurbonlik qilishlikka jonivor sotib olib, boshqalarni unga sherik qilishi mumkin. Agar sotib oluvchi faqir bo‘lib, sotib olayotgan vaqtda boshqalar sherik bo‘lsa, sherik qilaman deb niyat vilsa, boshqalarni sherik qilsa bo‘ladi. Agar sotib olish vatida boshqalani sherik qilishni niyat qilmagan bo‘lsa, sherik qilishi joiz emas. Masala:Qurbonlik qiluvchi qurbonlikni dilida niyat qilishi kifoya qiladi. Tilida qurbonlik qilishni niyat qildim deb aytishi shart emas.

NAMOZNING HIKMATLARI

1. Namoz Islomning ikkinchi rukni, ibodatlarning onasi, toatlarning asosi, gunohlarni yuvuvchi, yomonliklarni qaytaruvchidir. 2. Namoz kalimai shahodatdan keyingi eng ulug‘ farzdir. U banda Allohning son-sanoqsiz ne'matlariga shukr keltirishi uchun shariatga kiritilgan bo‘lib, uning diniy, tarbiyaviy, shaxsiy, sihhiy, ijtimoiy va boshqa qator foydalari juda ko‘pdir.

ZAKOTNING MOHIYATI

SAVOL: Zakotning mohiyati nima?

Inson ikki xil holatda junub bo‘ladi

Erkak yoki ayoldan maniyning lazzat bilan otilib chiqishi sababidan junub bo‘linadi. U xoh uyquda bo‘lsin, xoh uyg‘oq bo‘lsin, farqi yo‘q. Lekin shu shart bilanki, maniy o‘z o‘rnidan lazzat bilan ko‘chgan bo‘lishi kerak. Bir kishida lazzat bo‘lsayu, maniy ajrab chiqmasa, u junubli hisoblanmaydi. Ammo lazzati so‘ngach, maniy ajralib chiqsa, u junub hisoblanadi va g‘usl vojib bo‘ladi. Kishidan uning beliga urilganligi yoki bir kasalligi sababli lazzatsiz maniy chiqsa, u junub hisoblanmaydi va unga g‘usl ham vojib bo‘lmaydi. Demak, kishining junub bo‘lishi uchun lazzat sababli maniyning o‘z o‘rnidan ko‘chishi shartdir. Lazzat bo‘lsayu, maniy bo‘lmasa, junub hisoblanmaydi. Olat uchining oldinga yoki (harom bo‘lsa ham) orqaga kirishi maniy to‘kilmasa-da, ikkala tomonni junub qilib qo‘yadi va ularga g‘usl qilish vojib bo‘ladi.

G‘USL HAQIDA

ahorati yo‘q kishiga mumkin bo‘lmagan amallar g‘usl qilishi kerak bo‘lgan kishiga ham mumkin bo‘lmaydi. Yana shu bilan birga g‘usl vojib bo‘lgan kishiga ­Qur'oni Karimni xoh yoddan bo‘lsin, xoh qarab o‘qish hamda masjidga kirish ham harom hisoblanadi. Qiroat qilmay ko‘z yugirtirish harom emas. Ovoz chiqarmay, Qur'onni ushlamay ko‘z yugirtirib o‘qishi, Qur'on eshitishi harom emas.

G‘USLNING FARZLARI VA SUNNATLARI

G‘uslning farzlari a) og‘izni (xalqumgacha g‘arg‘ara qilib) chayish; b) burunga suv tortib chayish; v) butun a'zolarga suv yetkazib ishqalab yuvish.

G‘USL QILISH SUNNAT BO‘LGAN O‘RINLAR

a) juma namozi uchun g‘usl qilish sunnat;b) Ramazon va Qurbon hayitlari namozi uchun g‘usl qilish sunnat;v) haj va umra uchun ehromga kirish niyatida g‘usl qilish sunnat;g) Haj paytida Arafotda turish uchun g‘usl qilish sunnatdir.

QANDAY HOLLARDA G‘USL QILINADI?

a) jinsiy a'zodan shiddat va lazzat bilan maniy (erkak va ayolning urug‘lik suvi) otilib tushsa;

G‘USL HAQIDA TUSHUNCHA

G‘uslning «bir narsaning ustidan suv oqizish» ma'nosi bor. Shariatda esa Alloh taologa yaqinlik niyatida badanning hamma yeriga suv oqizib tozalash «g‘usl» deyiladi.