Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Turmush qurish
 
 

SAVOL: Assalamu alaykum! Kecha bir ayol bilan tanishib qoldim. Hijob o‘raganiga 3 oy bo‘libdi. yana u beva ekan turmush o‘rtog‘i vafot etganiga 9 oy o‘tibdi. U ayol tez-tez bir marshrutkaga chiqarkan. Uni shafyori unga islomdan gapirarkan, ya'ni hijob o‘rashiga o‘sha shafyor sababchi desayam bo‘larkan. Endi u kishi turmush qurishni taklif qilayotgan ekan. Uchinchi xotin qilib. Meni hayron qoldirgan narsa nikoh maxfiy bo‘larkan. Ya'ni ayolni qarindoshlari va bo‘lajak kundoshlari bu haqda bilmasligi kerak ekan(bu bo‘lajak kuyov taklifi). Ayol o‘lgan eri uyida qaynonasi bilan 2 bolasi bilan yashayverar ekan. Ular uchrashib turisharkan. U odammi aytishi bo‘yicha beva ayolni zinodan saqlamoqchi ekan. Shu mumkinmi? Bu holatda u hamma xotinlariga teng muomala qilolmaydiku, yana turmush qurganda osh berish, bu nikohni hammaga e'lon qilish uchun deb o‘ylardim. Men noto‘g‘ri degan bo‘lardim lekin meni fikrimga kafolat yo‘q. Uni ustiga uylanmoqchi bo‘lgan kishini ham ilmi bor ekan. Shayx hazratlari yoki dalil keltira oladigan forum ishtirokchilari iltimos shu savolga javob beringlar. Men u ayolga yordam berishga va'da berganman. Ha, u ayol 27 yoshda.

JAVOB: O‘sha ayolga mazkur haydovchidan boshqa er topilmas ekanmi? Bu kabi ishlarda shoshilmay, maslahat bilan ish ko‘rish kerak. Ayol umri bo‘yi birovga bildirmay, uchinchi xotin bo‘lib boshqalardan berkinib o‘sha erkak bilan uchrashib yurishi shartmi?!
Afsuski, ba'zi ayollar juda ham sodda bo‘lishadi. Diniy gaplarni aytgan odamlarning aldoviga uchib qolishadi. Menga ham bunga o‘xshash xabarlar ko‘p kelgan. Bittasi bir bechora ayolni aldab, hajga olib boraman, u qilaman, bu qilaman deb nikohlab olib bir kechadan keyin g‘oyib bo‘libdi. Ayol bechora uni topa olmaydi. Boshqa er qilay desa, birovning nikohida. Mazkur noinsof esa, hech bo‘lmasa boshini ochib qo‘ymay qochib ketgan.
Bunday holatlarda kengash bilan, surishtirib, bilib, yetti o‘lchab bir bkesib ish ko‘rish kerak. Namozni, hajni, qiroatni o‘rtaga qo‘shsagina ishonib ketaverish to‘g‘ri kelmaydi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh


Kiritilgan vaqti: 14/04/2021 12:17;   Ko‘rilganligi: 79
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/fatwah/turmush-qurish
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 18:03