Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Subhi sodiqdan keyin yoyilgan taom
 
 

Savol: Bilmay subhi sodiqdan keyin taomlansa, ro‘za durust bo‘laveradimi?

Javob: Yo‘q, durust bo‘lmaydi. Ro‘za subhi sodiqdan quyosh botguncha Alloh taologa qurbat hosil qilish niyatida yeb-ichish va jimo' qilishni tark qilishdir. Kishi hali subhi sodiq kirmadi, degan o‘yda saharlik qilsayu, subhi sodiq kirib bo‘lgan bo‘lsa yoki quyosh botib bo‘ldi, degan xayolda iftorlik qilib yuborsayu, quyosh hali botmagan bo‘lsa, uning zimmasiga o‘sha kun ro‘zasining qazosi lozim bo‘ladi, kafforat emas.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh «Mo‘minning qalqoni» kitobidan


Kiritilgan vaqti: 12/04/2021 10:36;   Ko‘rilganligi: 70
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/fatwah/subhi-sodiqdan-keyin-yoyilgan-taom
Chop etilgan vaqti: 06/12/2021 22:13