Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

SEXRGAR YOKI DOMLA
 
 

SAVOL:
Assalomu alaykum! Onam va opamlar bir domlaga borishadi va bir kuni men xam bordim. Borganimda u domla qanaqadur duo o‘qidi. Ko‘pincha K xarafi ishlatilgan (kaffa kafki kabi so‘zlar) va adashmasam bir imomning maruzasini eshitganimda shunaka KKK kabi narsalarni o‘qib dam soluvchilarga bormanglar degandi. Shunday domlaga borishlik to‘g‘rimi? Va opamlar meni u yerga dam solishlik uchun qo‘ygan suv, choy, sovun kabi narsalarini olib borish-kelishlikka jo‘natishadi. Ularni aytganini qilishim joizmi?

JAVOB:

– Va alaykum assalom! Shifoni ham rizqni ham beruvchi zot Alloh. O‘zidan qanday so‘rashni yo‘lini ham o‘rgatib hojat namozini joriy qilib qo‘ygan bo‘lsa, so‘rasang beraman degan bo‘lsa, o‘zimizcha xuddi ishimizni bitirishimiz uchun davlatni odamini o‘rtaga qo‘ygandek, hadyasini olib borgandek kimlarnidir o‘zimiz bilan Allohning o‘rtasiga vosita qilib qo‘yishni nima keragi bor? Vallohu a'lam!


«Zikr ahlidan so‘rang» 


Kiritilgan vaqti: 10/06/2021 10:37;   Ko‘rilganligi: 65
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/fatwah/sexrgar-yoki-domla
Chop etilgan vaqti: 06/12/2021 22:51