Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Ro‘zasi ochiladimi?
 
 

Savol:
Esdan chiqarib yeb-ichgan odam esiga tushgach taomlanib qo‘ysa, ro‘zasi ochiladimi?

Javob:
1) esdan chiqarib yeb-ichish bilan ro‘za ochilmaydi.
2) Esdan chiqarib yeb-ichgandan keyin «Ro‘zam ochildi» deb o‘ylab taomlanib qo‘ysa, qazo lozim bo‘ladi, kafforat vojib bo‘lmaydi.
3) Esdan chiqarib yeb-ichib qo‘ysa ro‘za ochilmasligini bilaturib taom yeb qo‘ysa qazo ham, kafforat ham vojib bo‘ladi. Qayt qilishning hukmi ham shunday: qayt qilgach, «endi ro‘zam ochildi» deb o‘ylab, taom yeb yuborsa, qazo lozim bo‘ladi, kafforat emas. Lekin bu ish ro‘zani ochmasligini bilaturib taomlanib yuborsa, kafforat ham vojib bo‘ladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh «Mo‘minning qalqoni» kitobidan


Kiritilgan vaqti: 23/04/2021 11:49;   Ko‘rilganligi: 67
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/fatwah/rozasi-ochiladimi
Chop etilgan vaqti: 02/12/2021 20:44