Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Ro‘zani ochmasdan makruh qiladigan amalni bilasizmi?
 
 

Savol:
Ro‘zani ochmaydigan, lekin makruh bo‘lgan amallar qaysilar?

Javob:
1. Tupukni og‘izda to‘plab, so‘ng yutib yuborish;
2. Gapirayotgan, zikr qilayotgan, o‘qiyotgan chog‘da lablari ho‘l bo‘lsa, o‘sha ho‘llikni yutish;
3. Og‘zidan oqayotgan so‘lakni qaytadan yutib yuborish;
4. Og‘izni chaygandan so‘ng qolgan namlikni tupuk bilan birga yutib yuborish;
5. Shamollash tufayli oqqan va og‘iz yo burundan tashqariga chiqqan balg‘amni nafas olib, ichkariga tortish (lekin ichkariga yutgandan tashqariga chiqarib yuborgan afzal);
6. Biror narsani tatib ko‘rish (yutib yuborsa ro‘za ochiladi);
7. Biron narsani uzrsiz chaynash (yutib yuborsa ro‘zasi ochiladi);
8. Og‘iz-burunni chayish va istinjo qilishda mubolag‘a qilish, ya'ni oshirib yuborish;
9. Suvning ichida turgan holda yel chiqarish;
10. Maniy to‘kilib ketish xavfi bo‘lmasa, quchoqlashish, o‘pish va ushlash kabi shahvatni qo‘zg‘atadigan ishlar ro‘zani ochmaydi;
11. Er-xotinning kiyimsiz holda badanlarini bir-biriga tek-kizishi, labini tishlashi, so‘rishi, o‘pishi;
12. Zaiflashishga olib boradigan darajada qon oldirish;
13. G‘iybat va shu kabi amallarni qilish ro‘zani ochmaydi;
14. Ayolga qarash yoki u haqda xayol surish oqibatida maniy to‘kilishi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh «Mo‘minning qalqoni» kitobidan


Kiritilgan vaqti: 26/04/2021 11:20;   Ko‘rilganligi: 86
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/fatwah/rozani-ochmasdan-makruh-qiladigan-amalni-bilasizmi
Chop etilgan vaqti: 06/12/2021 22:33