Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Musulmonlar idorasi Fatvo hay'ati zakot, fitr sadaqa va fidya miqdorini belgiladi
 
 

Bismillahir rohmanir rohiym

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'atining milodiy 2021 (hijriy 1442) yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha
QARORI

Zakotning tillodan nisobi 85 gramm bo‘lib, bugungi kunda 1 gramm tilloning o‘rtacha narxi 320 000 (uch yuz yigirma ming) so‘m ekani e'tiboridan, bu yilgi ZAKOT nisobi 27 200 000 (yigirma yetti million ikki yuz ming) so‘m deb belgilandi.
Shunga ko‘ra, zarur ehtiyojdan tashqari bir yil davomida 27 200 000 (yigirma yetti million ikki yuz ming) so‘m va undan ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan musulmon kishi jami mablag‘ining qirqdan biri (1/40)ni hisoblab, uni zakot niyatida kambag‘al va faqirlarga beradi.

Fitr sadaqasining miqdori bug‘doydan yarim so' (2 kg.), arpadan bir so' (4 kg.), mayizdan yarim so' (2 kg.) va xurmodan bir so' (4 kg.)dir.
Bugungi kunda mazkur mahsulotlarning Toshkent shahar bozorlaridagi narxlari o‘rganilganda 1 kg bug‘doy o‘rtacha 5 ming so‘m, 1 kg arpa o‘rtacha 3,5 ming so‘m, 1 kg mayiz o‘rtacha 40 ming so‘m va 1 kg xurmo o‘rtacha 35 ming so‘m ekani ma'lum bo‘ldi.

Shunga ko‘ra, FITR sadaqasining miqdori:
bug‘doydan 2 kg 10 000 (o‘n ming) so‘m;
arpadan 4 kg 14 000 (o‘n to‘rt ming) so‘m;
mayizdan 2 kg 80 000 (sakson ming) so‘m;
xurmodan 4 kg 140 000 (bir yuz qirq ming) so‘m deb belgilandi.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya qiladi.
Fidya miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati qiymatida bo‘lib, bugungi kunda bu o‘rtacha 25 000 (yigirma besh ming) so‘mga to‘g‘ri kelganidan, bu yilgi FIDYA miqdori bir kun uchun 25 000 (yigirma besh ming) so‘m, bir oyga 750 000 (etti yuz ellik ming) so‘m deb belgilandi.

Eslatma: Mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati


Kiritilgan vaqti: 10/04/2021 11:14;   Ko‘rilganligi: 56
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/fatwah/musulmonlar-idorasi-fatvo-hayati-zakot-fitr-sadaqa-va-fidya-miqdorini-belgiladi
Chop etilgan vaqti: 06/12/2021 22:10