Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Allohning 99 ismlari haqida.
 
 

SAVOL:
Hozirda Allohning 99 ismlarini musiqaga solib aytib chiqishyapti. Shunday usulda yod olish va aytish joizmi?

JAVOB:
Bismillahir Rohmanir Rohim. Alloh taoloning 99 ism sifatlarini yodlash, shu bilan bir qatorda ma'nolarini o‘rganish va e'tiqodga singdirish katta bir fazilatli amal. Ammo uni musiqaga solib yodlashdan ko‘ra musiqasiz yodlash afzal. Chunki Sahobai kiromlar davrida uni musiqaga solib yodlanmagan. Uni kuy qo‘shiqqa o‘xshatish yaxshi emas. Qolaversa, hadisda "Man ahsohaa" lafzi kelgan. Ammo bu faqat yodlash degan ma'noni o‘zida emas. balki uni yod olish, o‘ziga singdirish, ma'nolarini anglash va uning taqozosiga ko‘ra amal qilish, degan ma'nolarda keladi. Vallohu a'lam.

O‘MI Fatvo hay'ati


Kiritilgan vaqti: 10/06/2021 11:10;   Ko‘rilganligi: 83
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/fatwah/allohning-99-ismlari-haqida
Chop etilgan vaqti: 06/12/2021 23:20