Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Qur'on oyatlari

O‘zingizni tor bir joyda qamalib, siqilib qolgandek his etyapsizmi?

 
 

U holda Allohning Payg‘ambari Yusuf alayhissalomni quduqdagi holatlarini bir esga oling. U zotning ahvollari qanday bo‘lgan edi, o‘zlarini qanday his qilgan edilar? (Bo‘lib ham yosh bola edilar).

وَجَاءَتْ سَيَّارَةٌ فَأَرْسَلُوا وَارِدَهُمْ فَأَدْلَىٰ دَلْوَهُ ۖ قَالَ يَا بُشْرَىٰ هَٰذَا غُلَامٌ ۚ وَأَسَرُّوهُ بِضَاعَةً ۚ وَاللَّهُ عَلِيمٌ بِمَا يَعْمَلُونَ

Alloh taolo bu haqda: «(Yusuf alayhissalom quduqqa tashlanganining uchinchi kuni, u ochlikdan azoblanib yotganida) bir karvon kelib, o‘zlarining suv izlovchilarini (suv keltirgani) yuborganlarida, u chelakni (quduqqa) tashlagan edi, (suvning o‘rniga chelakka osilib Yusuf chiqdi)»
(Yusuf surasi, 19-oyat).

Siz ham mahzunlik qudug‘ida umidsizlikka tushib qolmang, (bilingki) juda yaqin fursatlarda kushoyish karvoni o‘tib qoladi.
Allohim, Bizning g‘am-tashvishlarimizni aritgin!

Savad-ul-azam.uz matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 29/03/2021 11:47;   Ko‘rilganligi: 75
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/ayahs/ozingizni-tor-bir-joyda-qamalib-siqilib-qolgandek-his-etyapsizmi
Chop etilgan vaqti: 02/12/2021 20:58