Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Qur'on oyatlari

Osmonlaru Yerning merosi Allohnikidir

 
 

وَمَا لَكُمْ أَلَّا تُنفِقُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَلِلَّهِ مِيرَاثُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ لَا يَسْتَوِي مِنكُم مَّنْ أَنفَقَ مِن قَبْلِ الْفَتْحِ وَقَاتَلَ ۚ أُولَٰئِكَ أَعْظَمُ دَرَجَةً مِّنَ الَّذِينَ أَنفَقُوا مِن بَعْدُ وَقَاتَلُوا ۚ وَكُلًّا وَعَدَ اللَّهُ الْحُسْنَىٰ ۚ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ

 

  1. Cizlarga ne bo‘ldiki, Alloh yo‘lida ehson qilmaysizlar? Holbuki, osmonlaru Yerning merosi Allohnikidir. Sizlardan hech kim fathdan oldin ehson qilganlarga va urushganlarga barobar bo‘la olmaydi. Sizlardan hech kim fathdan ilgari ehson qilganlar va urushda qatnashganlarga barobar bo‘la olmas. Ularning darajalari fathdan so‘ng ehson qilganlardan va urushda qatnashganlardan ko‘ra ulug‘dir. Alloh barchalariga yaxshilikni va'da qilgan. Va Alloh nima qilayotgan amallaringizdan xabardordir.(Hadid surasi 10-oyat)

Muhammad ibn Fuzayl Kalbiydan rivoyat qiladi: "Bu oyat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu haqida nozil bo‘lgan. Bunga ushbu rivoyat dalolat qiladi: "Ibn Umar aytadi: "Rasululloh sollal­lohu alayhi vasallam Abu Bakr Siddiq bilan birga o‘tirgan edilar. Ustida aboa (choponga o‘xshash kiyim) bor edi. Ko‘kragini to‘g‘nogich bilan to‘g‘nab qo‘ygan edi. Shu vaqt Jabroil alayhissa­lom Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga kelib, Allohdan salom aytadi va: "Ey Muhammad, Abu Bakrga nima bo‘ldi? Ustida abo, uni to‘g‘nogich bilan ko‘kragiga to‘g‘nab olganini ko‘ryapman", dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ey Jabroil, u fathdan oldin mol-mulkini menga infoq qilgan", de­dilar. Jabroil aytdi: "Unga Alloh subhanahu va taolodan salom ayting. “Yana aytingki, Parvardigori undan shu faqirlik holida Mendan rozimi yoki rozi emasmi, deb so‘rayapti". Rasululloh sol­lallohu alayhi vasallam Abu Bakrga o‘girildilar-da: "Ey Abu Bakr, Jabroil senga Allohdan salom aytayapti. Parvardigoring senga "Shu faqirlik holingda sen Mendan rozimisan yoki rozi emasmisan?", deyapti", dedilar. Buni eshitib Abu Bakr yig‘lab yubordi va: "Men Parvardigorimdan norozi bo‘lamanmi? Men Parvardigorimdan roziman, men Parvardigorimdan roziman", dedi".

 

“Tafsiri Irfon” kitobidan


Kiritilgan vaqti: 09/03/2021 13:51;   Ko‘rilganligi: 75
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/ayahs/osmonlaru-erning-merosi-allohnikidir
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 17:49