Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Qur'on oyatlari

Nima uchun Alloh taolo quyidagi oyatda dunyoni suvga o‘xshatgan?

 
 

"Hayoti dunyo misolini keltiring! (U) xuddi bir suv kabidirki..."
(Kahf surasi, 45-oyat).

Hakimlar aytishadi: Alloh taolo dunyoni suvga o‘xshatdi, chunki:
1. Suv bir joyda istiqror bo‘lib, o‘rnashib turmaydi. Shuningdek, dunyo ham bir joyda turmaydi.
2. Suv boqiy turuvchi emas, u fanolikka yuz tutadi. Shuningdek, dunyo ham boqiy turuvchi emas, u ham fanolikka yuz tutadi.
3. Suvga tushgan kimsa ho‘l bo‘lmay iloji yo‘q. Shuningdek dunyoga kelgan odam uning fitna va ofatlaridan omonda qolmaydi.
4. Agar suv kerakli miqdorda bo‘lsa, manfaatli va unumdor bo‘ladi. Agar kerakli miqdordan oshsa, zararli va halokatga eltuvchi bo‘ladi. Shuningdek, dunyo ham kifoya qilgudek bo‘lsa, manfaat beradi, ortiqchasi zarar beradi.

Imom Qurtubiyning "al-Jome' liahkamil Qur'on" kitobidan

Manba:


Kiritilgan vaqti: 31/03/2021 15:03;   Ko‘rilganligi: 66
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/ayahs/nima-uchun-alloh-taolo-quyidagi-oyatda-dunyoni-suvga-oxshatgan
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 08:36