Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Qur'on oyatlari

Ko‘p gumondan, josuslikdan va bi­ringiz biringizni g‘iybat qilishdan saqlaninglar

 
 

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اجْتَنِبُوا كَثِيرًا مِّنَ الظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ الظَّنِّ إِثْمٌ ۖ وَلَا تَجَسَّسُوا وَلَا يَغْتَب بَّعْضُكُم بَعْضًا ۚ أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ أَن يَأْكُلَ لَحْمَ أَخِيهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ ۚ وَاتَّقُوا اللَّهَ ۚ إِنَّ اللَّهَ تَوَّابٌ رَّحِيمٌ

Ey imon keltirganlar! Ko‘p gumondan chetlaninglar, chunki ba'zi gumon gunohdir. Josuslik qilmanglar va bi­ringiz biringizni g‘iybat qilmasin. Birortangiz o‘lgan birodarining go‘shtini yeyishni xohlaydimi? Buni yomon ko‘rasizlar-ku, axir! Allohdan qo‘rqinglar, Alloh albatta tavbalarni qabul qiluvchidir, rahmlidir. (Hujurot surasi, 12-oyat)

Alloh taolo mo‘min bandalarining e'tiborini o‘ta muhim masalaga qaratishni iroda qilganida ularga "Ey imon keltirgan­lar" kalimasi bilan xitob qiladi. Ushbu oyati karimada kam Al­loh azza va jalla mo‘min bandalariga yomon sifatlardan sanalgan bir necha axloqiy illatlardan qaytarib, ko‘p gumonga borishdan uzoqda bo‘lishni, josuslik qilmaslikni va g‘iybatga yakinlash­maslikni buyurmokda.

Gunohga va halokatga eltuvchi gunohlardan biri ko‘p shubha-gumonga borishdir. Haqiqatdan badgumonlik, ya'ni yomon gumonlarga borish, odamlar haqida turli bo‘lar-bo‘l­mas shubhalar qilish, hamisha hadikda bo‘lish mo‘min kishiga xos bo‘lmagan zararli illatlardandir. O‘zgalar hakida yomon gumon-ga borish shayton insonning qalbiga osongina kirib oladigan eshiklardan biridir. O‘tgan olimlardan Zajjoj: "Badgumonlik yaxshi kishilar haqida yomon gumon qilishdir. Ammo fosiqlardan bo‘lsa, unda fosiqlikning qaysi ko‘rinishi sodir bo‘lsa, shuni gumon qilishga hakkimiz bor", degan.

Mo‘min kishiga yomon gumon va tuhmatdan saqlanish vojibdir. Kim odamlar aybini axtarib, ular hakida yomon gumon qilsa, bilingki, uning botini buzuk­dir. Har bir inson gumondan xoli emas. Hozirgi kunda o‘zimiz bilib-bilmay odamlar hakida turli yomon gumonlarga borave­ramiz, o‘zimiz ko‘rmagan vokealar xususida shoshilinch hukmlar chiqaramiz. Bir birodarimiz ko‘rmay o‘tib ketib kolsa, "Namun­cha kekkayib qopti?!" degan malomatlar qilamiz. Yaxshilik ma'­nosida aytilgan so‘z yoki qilingan harakatdan darrov shubhaga boramiz, "bir balosi bordirki, xushomad qilib kopti"... Yomon gumonlarga boraveramiz, nohaq xulosalar chiqaraveramiz, ma­lomatlar qilaveramiz, gunohlarimizni ko‘paytiraveramiz. Vaholanki, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom "Mo‘min­lar haqida yaxshi gumonda bo‘linglar", deb ta'lim berganlar. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar alayhissalom: «Zinhor va zinhor badgumon bo‘lmanglar, chunki badgumonlik so‘zning eng yolg‘onidir», deganlar (Buxoriy rivo­yati). Boshqa bir hadisda esa: «Agar odamlarning aybini axta­radigan bo‘lsang, ularni buzasan», deganlar.

Odamlar to‘g‘risi­da yomon gumon qilishning haromligi ularga shu gumon tufayli so‘zda yoki ishda zarar yetsa, sobit bo‘ladi. Ammo yaxshi gumonning ta'siri bormi-yo‘qmi, baribir mandubdir. Dinimiz jamiyatni gumonlardan tozalash uchun vijdonlarni yomon gumon iflosli­gidan poklashga chaqiradi. Chunki yomon gumon jamiyat a'zolari o‘rtasidagi munosabatlarning izdan chiqishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida jamiyatda axloqsizlik va ixtiloflarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham musulmonlar badgumonlikdan o‘z­larini asrashlari, biror holatni ko‘rganda darrov yaxshi gumon kilishga o‘tishlari  zarur.


Kiritilgan vaqti: 01/03/2021 15:25;   Ko‘rilganligi: 101
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/ayahs/kop-gumondan-josuslikdan-va-biringiz-biringizni-giybat-qilishdan-saqlaninglar
Chop etilgan vaqti: 06/12/2021 22:03