Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Qur'on oyatlari

Inson va jinlarni yaratilishidan maqsad nima edi?

 
 

وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالْإِنْسَ إِلَّا لِيَعْبُدُونِ

56. Jin va insni faqatgina Menga ibodat qilishlari uchun yaratdim.

Alloh taolo borliqdagi hamma narsani, shu jumladan jinlarni va insonlarni ham yaratgan Zotdir. ushbu qisqagina oyatda ulkan haqiqat ifodasini topgan. odamlar va jinlarning yaratilishidan yagona maqsad ularning o‘zlarini yaratgan Parvardigorgaibodat qilishlaridir.

Islom ta'limotida ibodat tushunchasining kengligiga dalolat qiluvchi bir necha hadislar bor. Abu Zarr G‘iforiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir guruh kishilar: “Ey Allohning Rasuli, boylar ajr-savobni olib qo‘ydilar, chunki ular bizga o‘xshab namoz o‘qishadi, ro‘za tutishadi va yana ustiga, ortiqcha mol-dunyolaridan sadaqa ham qilishadi, deyishdi. Shunda u zot: “Alloh taolo sizlarga ham sadaqa qiladigan narsalarni berib qo‘ymaganmi? Har bir tasbehingiz sadaqa, har bir takbir ham sadaqa, har bir tahlil ham sadaqa, amri ma'ruf ham sadaqa, nahyi munkar ham sadaqa va har biringizning shahva- tingizda ham sadaqa bor, dedilar. Shunda odamlar: “Birortamiz shahvatini qondirsa ham ajr oladimi?” deb so‘rashdi. Nabiy alayhissalom: “Aytinglar-chi, shu ishni haromdan bajarsa, unga gunoh bo‘larmidi? Xuddi shuningdek, haloldan bajarsa, unga ajr-mukofot bo‘ladi”, dedilar» (Muslim rivoyati).


Kiritilgan vaqti: 09/02/2021 15:02;   Ko‘rilganligi: 157
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/ayahs/inson-va-jinlarni-yaratilishidan-maqsad-nima-edi
Chop etilgan vaqti: 02/12/2021 21:19