Qur'on oyatlari

YOSIN SURASI FAZILATI

Yosin surasida Muhammad sollallohu alayhi va sallam haqiqiy payg‘ambar ekanlari, Iso alayhissalom tomonidan Antokiya shahriga yuborilgan elchilar ko‘rgan-kechirgani, Habib Najjor ismli kishi imon yo‘lida jonini fido qilishi, quyosh, oy, yulduzlar ilohiy qonuniyat asosida harakatlanishi bayon etilgan.

MULK SURASI FAZILATI

Bismillahir Rohmanir Rohiym.Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin. Hadisi sharifda rivoyat qilinganki, safarga chiqqan bir odam bilmasdan qabr ustiga kapa tikib oladi. Keyin qabr ichidagi inson Taborak surasini oxirigacha qiroat qilganini eshitadi va bu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga zikr qilinganida u zot: «U («Mulk» surasi) man qiluvchidir. U najot beruvchidir. Unga qabr azobidan najot beradi», deganlar. E'tibor bering, “Mulk” surasi qabr ichidan eshitilmoqda! Bu qanday suraki, uni o‘qish jonsiz insonga ham nasib etib turibdi! Keling, bu surai karima fazilatlari haqida kelgan boshqa rivoyatlar bilan ham tanishib chiqaylik. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Qabul bo‘lgan namoz o‘z egasini fahsh va munkar ishlardan qaytaradi.

Bu haqda Alloh taolo Qur'oni karimda shunday degan:

Siz ham salavot ayting!

إِنَّ اللَّهَ وَمَلَائِكَتَهُ يُصَلُّونَ عَلَى النَّبِيِّ ۚ يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا صَلُّوا عَلَيْهِ وَسَلِّمُوا تَسْلِيمًا. "Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg‘ambarga salovot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Siz ham unga salovot ayting va salom yuboring". (Ahzob surasi, 56-oyat).

Qur'onda bayon uslubining go‘zalligi

«Nega ular xuddi sherdan qochgan yovvoyi eshaklarga o‘xshab bu Eslatmadan — Qur'ondan yuz o‘giradilar-a?!» (Muddassir surasi, 49-51-oyatlar).

Yoqilg‘isi odamlaru toshdan bo‘lgan o‘tdan saqlaninglar!

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا قُوا أَنفُسَكُمْ وَأَهْلِيكُمْ نَارًا وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ عَلَيْهَا مَلَائِكَةٌ غِلَاظٌ شِدَادٌ لَّا يَعْصُونَ اللَّهَ مَا أَمَرَهُمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ "Ey iymon keltirganlar! O‘zingizni va ahli ayolingizni yoqilg‘isi odamlaru toshdan bo‘lgan o‘tdan saqlanglar" (Tahrim surasi, 6-oyat) Hazrati Aliy roziyallohu anhu ushbu oyatning tafsirida: "Ularga odob va ta'lim beringlar", deb aytganlar. Ibn Abbos roziyallohu anhu: "Allohga ibodat qilib, amalda bo‘linglar va Allohga osiy bo‘lishdan chetlaninglar", deb aytdilar.

Nima uchun Alloh taolo quyidagi oyatda dunyoni suvga o‘xshatgan?

"Hayoti dunyo misolini keltiring! (U) xuddi bir suv kabidirki..." (Kahf surasi, 45-oyat).

Erkak bilan erkak juft bo‘lishi harom!

أَئِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ ٱلرِّجَالَ شَهْوَةً مِّن دُونِ ٱلنِّسَآءِ ۚ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌ تَجْهَلُونَ Sizlar ayollarni ko‘yib, erkaklarga shahvat bilan yaqinlik qilasizlarmi?! Ha, sizlar johil qavmdirsiz! (Naml surasi, 55- oyat)

O‘zingizni tor bir joyda qamalib, siqilib qolgandek his etyapsizmi?

U holda Allohning Payg‘ambari Yusuf alayhissalomni quduqdagi holatlarini bir esga oling. U zotning ahvollari qanday bo‘lgan edi, o‘zlarini qanday his qilgan edilar? (Bo‘lib ham yosh bola edilar).

Islom begona ayollarga qarashni harom qildi!

Erkaklarning nomahram ayollarga qarashi taqiqlanganing sababi doimo hammani qiziqtirib kelgan. Xo‘sh, nega Islom bu yomon odatni harom qildi? Quyida qisqacha javob berishga harakat qilamiz.

Najot toptiradigan tijoratga dalolat qilaymi?

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَىٰ تِجَارَةٍ تُنجِيكُم مِّنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ (10) تُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ وَتُجَاهِدُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ بِأَمْوَالِكُمْ وَأَنفُسِكُمْ ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ (11) يَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَيُدْخِلْكُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ وَمَسَاكِنَ طَيِّبَةً فِي جَنَّاتِ عَدْنٍ ۚ ذَٰلِكَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ (12)          Ey iymon keltirganlar! Sizlarni alamli azobdan najot toptiradigan tijoratga dalolat qilaymi? Iymonning g‘olib, islomning boshqa dinlardan ustun bo‘lishini bayon qilib berganidan so‘ng Alloh taolo mo‘minlarning azobdan qutqaruvchi ko‘plab yaxshiliklarga yetkazuvchi “tijorat” ga targ‘ib qiladi. Alloh taolo bilan mo‘minlar o‘rtasidagi bu tijorat naqadar saodatli, sharafli va ulkan foyda keltiruvchidir. Mo‘minlar bu “tijorat”laridan xursand bo‘lishlari, Allohning roziligini topish yo‘lida jang qilish oliy saodat ekanini yaxshi anglab ish qilishlari kerak. 

Osmonlaru Yerning merosi Allohnikidir

وَمَا لَكُمْ أَلَّا تُنفِقُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَلِلَّهِ مِيرَاثُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ لَا يَسْتَوِي مِنكُم مَّنْ أَنفَقَ مِن قَبْلِ الْفَتْحِ وَقَاتَلَ ۚ أُولَٰئِكَ أَعْظَمُ دَرَجَةً مِّنَ الَّذِينَ أَنفَقُوا مِن بَعْدُ وَقَاتَلُوا ۚ وَكُلًّا وَعَدَ اللَّهُ الْحُسْنَىٰ ۚ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ   Cizlarga ne bo‘ldiki, Alloh yo‘lida ehson qilmaysizlar? Holbuki, osmonlaru Yerning merosi Allohnikidir. Sizlardan hech kim fathdan oldin ehson qilganlarga va urushganlarga barobar bo‘la olmaydi. Sizlardan hech kim fathdan ilgari ehson qilganlar va urushda qatnashganlarga barobar bo‘la olmas. Ularning darajalari fathdan so‘ng ehson qilganlardan va urushda qatnashganlardan ko‘ra ulug‘dir. Alloh barchalariga yaxshilikni va'da qilgan. Va Alloh nima qilayotgan amallaringizdan xabardordir.(Hadid surasi 10-oyat)

Allohning zikriga shoshilinglar!

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا نُودِيَ لِلصَّلَاةِ مِن يَوْمِ الْجُمُعَةِ فَاسْعَوْا إِلَىٰ ذِكْرِ اللَّهِ وَذَرُوا الْبَيْعَ ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ «Ey iymon keltirganlar! Juma kunidagi namozga chorlangan paytda Allohning zikriga shoshiling va savdoni qo‘ying. Agar bilsangiz, ana shu o‘zingiz uchun yaxshidir» (9-oyat). Juma kuni hafta kunlari ichida eng fazilatlisi hisoblanadi. Nabiy alayhissalom: «Quyosh chiqib turgan kunlarning eng yaxshisi juma kunidir. O‘sha kuni Odam yaratilgan, jannatga kiritilgan, jannatdan chiqarilgan. Qiyomat ham juma kuni qoim bo‘ladi», – deganlar.

Bir oyatning ikki ma'nosi

Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday marhamat qiladi: بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ إِنَّمَا يَعْمُرُ مَسَاجِدَ اللّهِ مَنْ آمَنَ بِاللّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ وَأَقَامَ الصَّلاَةَ وَآتَى الزَّكَاةَ وَلَمْ يَخْشَ إِلاَّ اللّهَ فَعَسَى أُوْلَئِكَ أَن يَكُونُواْ مِنَ الْمُهْتَدِينَ «Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni to‘kis ado etganlar, zakot berganlar va Allohdan boshqadan qo‘rqmaganlargina obod qilurlar. Ajab emaski, ana o‘shalar hidoyat topguvchilardan bo‘lsalar». (Tavba surasi, 18-oyat)

Ko‘p gumondan, josuslikdan va bi­ringiz biringizni g‘iybat qilishdan saqlaninglar

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اجْتَنِبُوا كَثِيرًا مِّنَ الظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ الظَّنِّ إِثْمٌ ۖ وَلَا تَجَسَّسُوا وَلَا يَغْتَب بَّعْضُكُم بَعْضًا ۚ أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ أَن يَأْكُلَ لَحْمَ أَخِيهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ ۚ وَاتَّقُوا اللَّهَ ۚ إِنَّ اللَّهَ تَوَّابٌ رَّحِيمٌ Ey imon keltirganlar! Ko‘p gumondan chetlaninglar, chunki ba'zi gumon gunohdir. Josuslik qilmanglar va bi­ringiz biringizni g‘iybat qilmasin. Birortangiz o‘lgan birodarining go‘shtini yeyishni xohlaydimi? Buni yomon ko‘rasizlar-ku, axir! Allohdan qo‘rqinglar, Alloh albatta tavbalarni qabul qiluvchidir, rahmlidir. (Hujurot surasi, 12-oyat)