Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Ақийда

Allohni osmonda desak nima bo‘ladi? 4- qism

 
 

Ushbu keltirilgan oyatlarni sizlar kabi zohiriga e'tibor qaratamiz. Sizlar keltirgan yuqoridagi beshta oyatning zohiriy ma'nolari bo‘lgani kabi biz keltirgan oltita oyatning ham zohiriy ma'nolari bor.

Agar “Aqida oyatlarida majoz mumkin emas”, desalaringiz, bular ham aqida oyatlari hisoblanadi, bularda ham majoz mumkin bo‘lmaydi.

Agar biz keltirgan oyatlarda “majoz joiz”, desalaringiz, vaholanki, biz ham “joiz deymiz”. Unda “Nega sizlar keltirgan oyatlarda majoz joiz emas”, degan haqli savol tug‘iladi. Sizlar keltirgan oyatlar va biz keltirgan oyatlar orasida nima farq bor. Nega biz keltirgan oyatlarda majoz mumkin bo‘ladiyu, sizlar keltirgan oyatlarda majoz joiz bo‘lmaydi. Qani bu yerda mantiq?

U osmonlarda ham, yerda ham Allohdir. Siringizni ham, oshkoringizni ham biladir.

Ushbu oyatda osmonlaru yerda Allohning zoti emas, balki ilmi qasd qilinganini oyatning davomidan bilib olamiz. Oyatning davomi bizga oyatning avvalida nima qasd qilinganini ochiqlab beradi. Osmonda bo‘lasizmi yerda bo‘lasizmi U zot o‘z ilmi bilan sizlarni bilib turadi. Bugungi kundagi Allohni osmonda yoki yuqorida deydiganlar ham shunday tafsir qilib, “Bu oyat Allohning ilmi borasida kelgan”, deydilar.

Biz ham shu gapni aytamiz. Allohni barcha makonlardan poklaymiz.

Nimaga sizlar ushbu oyatni davomi bilan dalillanganilar kabi o‘zilar keltirgan oyatlarning ham qolgan qismlari bilan dalillanmaysizlar. Masalan: 1. “U – Rohman arshni egalladi”, Qur'onning aksar o‘rinlarida ushbu oyat davomida يُدَبِّرُ الأمْرَ “U ishning tadbirini qiladir”[16], jumlasi keladi. Nimaga istivoni tadbir, hukm ma'nolarini berib, hukmi bilan, tadbiri bilan egalladi deb aytmaysizlar. Agar biz keltirgan oyatlarda qanday ma'no iroda qilinganini anglash uchun, oyatning qolgan qismi bilan tushunish lozim bo‘lsa, ushbu o‘rinda ham xuddi shu kabi oyatning davomi bilan tushunish kerak bo‘ladi.

III. “Va Biz unga jon tomiridan ham yaqinmiz”.

Alloh Taolo o‘z zotini ulug‘lab biz unga jon tomiridan, yani o‘zidan ham yaqinmiz demoqda.

“Biz esa, sizdan ko‘ra unga yaqinmiz, ammo sizlar ko‘rmaysizlar”. Bu oyat ruh chiqish holatini bayon qilmoqda. O‘lim farishtasi kelib, inson ruhini chiqarib olmoqda. Shu holatda biz uning atrofida turgan yaqinlaridan ko‘ra unga yaqinmiz, lekin sizlar ko‘rmaysizlar. Ushbu oyatni mufassirlar ikki xil ta'vil qilganlar. Birinchisi: Ruh chiqar vaqtda mayyitga uning ahllaridan ko‘ra yaqinroqmiz. Lekin bu yaqinlik Zoti bilan emas, balki amri bilan. Yani, agarchi u yerda yuzta tabib bo‘lsa ham Allohning amri tez fursatda amalga oshib, jasaddan ruh, albatta, chiqadi. Ikkinchi tafsirda “Biz”dan farishtalar iroda qilingan.

Bu ikki tafsirni qabul qilsangizlar, xuddi shu ma'no

أَأَمِنْتُمْ مَنْ فِي السَّمَاءِ أَنْ يَخْسِفَ بِكُمُ الأرْضَ فَإِذَا هِيَ تَمُورُ

Osmondagi Zot sizlarni iztirobda harakatlanib turgan yerga yuttirib yuborishidan omonda bo‘ldingizmi?

oyatida ham mavjud. Ya'ni uning amri yoki azob farishtalari osmonda bo‘lgan Zot. Oyatni davomi bilan tushunadigan bo‘lsak: “Uning amri osmonda bo‘lgan Zot sizlarni iztirobda harakatlanib turgan yerga yuttirib yuborishidan omonda bo‘ldingizmi”? Yoki “Osmondagi azob farishtalari sizlarni iztirobda harakatlanib turgan yerga yuttirib yuborishidan omonda bo‘ldingizmi”?

Yuqoridagi ikkila oyat ham shu ikki xil tafsirni olgan. Lekin ajablanarlisi shundaki ushbu tafsirni biz keltirgan oyatlarga nisbatan qo‘llasak, bu tafsir qilish, ilmiy izlanish bo‘ladi. Hech qanday bid'at, zalolat emas. Ular keltirgan oyatlarga qo‘llasak, bizni zalolat va bid'atda ayblab, hatto Jahmiylar[18] toifasiga qo‘shib qo‘yishadi. Bu eng yaxshi gumon bilan aytilgan gap. Bo‘lmasa bundanda yuqori darajadagi haqoratlar qilinadi. Shuning o‘zi havoyi nafsga ergashish emasmi. Bu ikki oyat har tomonlama bir xil bo‘lganidan keyin, ikkalasiga ham bir xil hukm berilmaydimi.

Keyingi oyat ham xuddi shu ko‘rinishda.

مَا يَكُونُ مِنْ نَجْوَى ثَلاثَةٍ إِلا هُوَ رَابِعُهُمْ وَلا خَمْسَةٍ إِلا هُوَ سَادِسُهُمْ وَلا أَدْنَى مِنْ ذَلِكَ وَلا أَكْثَرَ إِلا هُوَ مَعَهُمْ أَيْنَ مَا كَانُوا

Agar uchtaning sirli so‘zlashuvi bo‘lsa, albatta, U zot to‘rtinchidir. Beshtaniki bo‘lsa, U zot oltinchidir. Bundan oz bo‘lsa ham, ko‘p bo‘lsa ham va qayerda bo‘lsalar ham, albatta, Alloh ular bilandir


Kiritilgan vaqti: 07/06/2021 12:21;   Ko‘rilganligi: 78
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/aqidah/allohni-osmonda-desak-nima-boladi-4-qism
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 10:03