Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Ақийда

Allohni osmonda desak nima bo‘ladi? 3- qism

 
 

“Yahudiylar, Mujassimalar[1], Karromiylar[2] va Rofizalarning[3] g‘uluvga ketganlari kabi insonlardan ko‘plari: “Albatta, Alloh Taolo arshga o‘rnashgan”, dedilar. Ular (Karromiy, Mujassima va Rofizalar)dan ba'zi mutaaxxirlari (keyingilari): “Biror makonga o‘rnashgan emas, lekin oliy jahatda”, dedilar[4]”.

Sharh: Haqiqatdan, bugungi kunimizda ba'zilar xuddi shunday gapni aytadilar. Makonda demaydilar, lekin arshdan, osmondan va olamdan yuqorida degan iddaolarni qilishadi. Lekin nihoyada har ikkala toifa ham Alloh Taologa jihat nisbatini beradilar.

“Avvalgi firqa (Allohga makonni isbot qiluvchilar o‘z da'volariga) Alloh Taoloning:

الرَّحْمَنُ عَلَى الْعَرْشِ اسْتَوَى

U – Rohman arshni egalladi

وَفَوْقَ كُلِّ ذِي عِلْمٍ عَلِيمٌ

Har bir ilm egasi ustidan biluvchi bor

أَأَمِنْتُمْ مَنْ فِي السَّمَاءِ أَنْ يَخْسِفَ بِكُمُ الأرْضَ فَإِذَا هِيَ تَمُورُ

Osmondagi Zot sizlarni iztirobda harakatlanib turgan yerga yuttirib yuborishidan omonda bo‘ldingizmi

وَهُوَ الْقَاهِرُ فَوْقَ عِبَادِهِ

U bandalari ustidan g‘olibdir

إِلَيْهِ يَصْعَدُ الْكَلِمُ الطَّيِّبُ

Unga xush kalomlar yuksalur.

Oyatlarini va duoda qo‘llarni osmonga ko‘tarish bilan dalillanishadi.

Alloh Taologa jihatni isbot qiluvchilar esa yuqoridagi oyatlarning ba'zilari (أَأَمِنْتُمْ مَنْ فِي السَّمَاءِ ushbu oyatning zohiriy ma'nosi Allohga makon isbot qiluvchilarga dalil. Bu ma'noda jihat isbot qiluvchilarga dalil bo‘lmaydi. Lekin bir nav ta'vil qilish bilan ya'ni, osmondan oliylik iroda qilinishi e'tiboridan ularga ham dalil hisoblanadi. وَفَوْقَ كُلِّ ذِي عِلْمٍ عَلِيمٌ bu oyat ham shu kabi) va aqliy dalildan bir navi bilan – “Narsadan olti tarafni nafiy qilish uni yo‘q deyishdir. (Shuning uchun narsa) mavjud bo‘lishi uchun jihat bo‘lishi lozim. Yuqori taraf (Allohga) tayin qilishga avloroqdir” – dalillanishadi[9].

Sharh: Ular aytmoqchilarki: “Agar mening kitobim bo‘lsayu lekin o‘sha kitob menga nisbatan oldimda, orqamda, yuqorimda, ostimda, o‘ng va chap tarafimda bo‘lmasa, bu nimani anglatadi? Bu shu kitobning asli yo‘q ekanini anglatadi. Ya'ni, menga nisbatan olti tarafdan birortasida bo‘lmagan kitob asli yo‘q hisoblanadi. Shunday ekan biror narsa mavjud bo‘lishi uchun boshqasiga nisbatan bir jihatda bo‘lishi kerak. Alloh ham mavjud, olam ham mavjud. Demak ikkisi orasida jihat aloqasi bo‘lishi lozim. Modomiki jihat bo‘lishi lozim ekanmi, jihatlarning eng sharaflisi yuqoridir. Shuning uchun yuqori jihatni ixtiyor qilamiz. Chunki sharafli bo‘lgani afzali bo‘ladi va oyatlar ham buni tasdiqlaydi”, deydilar.

Albatta, yuqoridagi oyati karimalar Qur'oni Karimda mavjud va biz bu oyatlarning barchasiga iymon keltiramiz. Biror bir musulmon ushbu oyatlarning birortasini inkor qilmaydi, inkor qilishi mumkin ham emas. Lekin ushbu oyatlarning tafsilotiga kirishishdan oldin Qur'onga nazar solsak, ba'zi bir oyatlarni topamiz. O‘sha oyatlarning zohiriy ma'nosi Alloh Taolo osmonda emasligiga yoki faqatgina osmonda emasligiga dalolat qiladi.

Yuqoridagi ikki toifa vakillariga sizlar oyatlarning zohiriy ma'nolarini oldilar. Lekin Qur'onda yana shunday oyatlar borki ularning zohiriy ma'nolari sizlar keltirgan oyatlar zohiriga zid keladi.

وَهُوَ الَّذِي فِي السَّمَاءِ إِلَهٌ وَفِي الأرْضِ إِلَهٌ

U Zot osmonda ham ilohdir, yerda ham ilohdir

وَهُوَ اللَّهُ فِي السَّمَاوَاتِ وَفِي الأرْضِ يَعْلَمُ سِرَّكُمْ وَجَهْرَكُمْ

U osmonlarda ham, yerda ham Allohdir. Siringizni ham, oshkoringizni ham biladir

وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ

Va Biz unga jon tomiridan ham yaqinmiz

وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنْكُمْ وَلَكِنْ لا تُبْصِرُونَ

Biz esa, sizdan ko‘ra unga yaqinmiz, ammo sizlar ko‘rmaysizlar

وَهُوَ مَعَكُمْ أَيْنَ مَا كُنْتُمْ

U, qayerda bo‘lsangiz ham, siz bilan birga

مَا يَكُونُ مِنْ نَجْوَى ثَلاثَةٍ إِلا هُوَ رَابِعُهُمْ وَلا خَمْسَةٍ إِلا هُوَ سَادِسُهُمْ وَلا أَدْنَى مِنْ ذَلِكَ وَلا أَكْثَرَ إِلا هُوَ مَعَهُمْ أَيْنَ مَا كَانُوا

Agar uchtaning sirli so‘zlashuvi bo‘lsa, albatta, U zot to‘rtinchidir. Beshtaniki bo‘lsa, U zot oltinchidir. Bundan oz bo‘lsa ham, ko‘p bo‘lsa ham va qayerda bo‘lsalar ham, albatta, Alloh ular bilandir


Kiritilgan vaqti: 05/06/2021 11:40;   Ko‘rilganligi: 66
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/islam/aqidah/allohni-osmonda-desak-nima-boladi-3-qism
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 18:35