Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Жамият

QAROVSIZ QABRISTONLAR AYRIMLARNING FAROSATSIZLIGINI KO‘RSATMAYDIMI?

 
 

Ajdodlarimizning hoklari qo‘nim topgan maskanlarni toza tutish, bir kun kelib o‘zimiz ham oxiratga qadar qo‘yilishimiz mumkin bo‘lgan joylarni obodonlashtirish har bir mo‘min kishining burchidir. Shunday xayrli ishlarni amalga oshirishda bugungi kunda diniy soha xodimlari faollik ko‘rsatmoqdalar.

Samarqand shahar Panjob jome masjidi jamoasi tashabbusi bilan joylarda bu borada tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Qabristonlarni obodonlashtirish va tozalash bo‘yicha hashar o‘tkazildi.
Ayni vaqtda bahor mavsumi kelayotganligi sababli fuqarolar hashar jarayonida ko‘chatlar o‘tqazishlari, tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirishlari ayni muddao. Manzarali daraxt ko‘chatlari ekish, ariqlarni tozalash, nechchi oylab to‘planib qolgan chiqindilarni olib tashlash mo‘minlikka xos xislatlar emasmi?

Botirali RIZAYEV,
Samarqand shahridagi Panjob jome masjidi imom-xatibi.


Kiritilgan vaqti: 20/02/2021 12:27;   Ko‘rilganligi: 82
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/articles/society/qarovsiz-qabristonlar-ayrimlarning-farosatsizligini-korsatmaydimi
Chop etilgan vaqti: 06/12/2021 22:31