Бошқа мавзулар

Mirzo Bedil

Boshga tashvish tushib qilsa betoqat,Qabr ahlin borib ayla ziyorat.Sendek sertashvish edi ular ham,Oxir tuproq bo‘ldi tashvishga ne hojat.

Ayol qizlarimiz-doim e'zozda.

Muqaddas dinimiz ta'limotlarida inson hayoti uchun muhim hisoblanmish biror bir mavzuni e'tibordan chetda qolmagan. Bunga Qo‘ni-qo‘shnichik, mehmondorchilik va er-xotin o‘rtasidagi muomala va munosabatlarni misol keltirishimiz mumkin. Jumladan ayolning vasfi, uning jamiyatda tutgan o‘rni va qadr- qimmati haqida ham batafsil to‘xtalgan.Ayol avvalo onamiz, opa-singlimiz, qizimiz hamda jufti halolimizdir. Ayol borki uyimiz saranjom-sarishta, kiyim-kechagimiz pokiza va qalbimiz xotirjamdir. Azizlar bu dunyoni ayollarsiz tasavvur qilib bo‘ladimi?! Shirindan shakar farzandlarimizni dunyoga kelishiga ham sababchi ayol emasmi?!. Ayol doim e'zozda doim izzatdadir.Islom kelishidan avval ayollarga keraksiz buyum kabi muomala qilinar, xatto qiz farzandi borlarga tahqirmunosabatda bo‘linar edi.