Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Оила

TALOQ SO‘ZINING LUG‘AVIY VA ISTILOHIY MA'NOLARI QANDAY?

 
 

Savol: - Taloq so‘zining lug‘aviy va istilohiy ma'nolari qanday?

 

Javob: - Yosh oilalar o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lishi tabiiy hol. Ana shu kelishmovchiliklar chiqqan vaqtda shariatdan bexabar ba'zi erlar, bilib yoki bilmay, jufti halollariga nisbatan taloq so‘zini ishlatishga odatlanib qolishgan. Arzimagan narsalar sabab ham ayoliga taloq berib yuboradiganlar yo‘q emas.

 «Taloq» so‘zining lug‘at jihatdan moddiy va ma'naviy tugunni yechish degan ma'noni bildiradi. Shar'iy istilohda esa, maxsus bir lafz bilan nikohni ketkazish, nikohni buzish, er-xotin o‘rtasidagi halollikni nuqsonga uchratish degan ma'noni bildiradi. «Maxsus lafz»dan murod taloq yoki uning ma'nosini anglatadigan so‘zlardir. Ya'ni taloq ham deyish mumkin yoki taloq ma'nosini ifodalaydigan boshqa so‘zni aytish ham mumkin. «Nikohni ketkazish» nikoh ahdini, bog‘langan nikohni yechib, oradagi o‘sha ma'naviy bog‘lanishni yo‘qotish degani.

Aslida, taloq berish qachon joiz bo‘ladi?

Shariatda har bir narsaga yo‘l ko‘rsatilgan. Taloq bu oxirgi chora. Er-xotin birga yashashining umuman iloji qolmagan vaqtda, birga yashash umuman umid yo‘q vaqtda oxirgi chora sifatida shariatimizda taloq qilishga ruxsat berilgan. Nima bo‘lgan taqdirda ham butun oilani buzish, taloq qilish darkor emas. Bu yerda farzandlar taqdiri turibti.

 

Faxriddin hoji HUSEYNOV,

Samarqand shahridagi Murod Avliyo jome' masjidi imom-xatibi.


Kiritilgan vaqti: 19/02/2021 14:00;   Ko‘rilganligi: 106
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/articles/family/taloq-sozining-lugaviy-va-istilohiy-manolari-qanday
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 10:13