Оила

Namozingni o‘qidingmi?

Er: Asr namozingni o‘qidingmi? Xotin: Yo‘q Er: Nega?

ISLOM DINIDA OTA-ONAGA YAXSHILIK QILISH

Muborak dinimiz bo‘lmish Islom dini Odam bolasini, insoniyatni faqatgina yaxshilik qilish, shirinsuxan bo‘lish, birovni og‘irini yenil qilish, yetimni boshini silash, kanbag‘alga yordam berish, silai rahm qilmoq, qo‘shniga ozor bermaslik kabi juda ko‘plab-ko‘plab yaxshi ishlarni qilishga buyuradi.

SOLIHA YOYOL QANDAY BO‘LADI?

Ko‘pchilik soliha ayol so‘zini ishlatadi, lekin uni hamma har - xil tasavvur qiladi.Soliha ayol:

Qiz bolaning turmushga chiqishida roziligini so‘rash shartmi?

Ota-onalar qizlari voyaga yetgach uni turmushga berishda har xil yo‘lni tutishadi. Ba'zi birovlar qizlarining roziligi bilan uni turmushga bersalar, ayrim kishilar esa qizdan izn olishga unchalik ham e'tibor bermaydilar. Aslida, qiz bolani turmushga berishda uning izniga qarash kerakmi?

Farzand – Allohning ne'mati

Alloh taolo insonlarga behisob ne'matlarni bergan, ularning har biri qadrli va fazilatlidir. Avvalo har bir mo‘min eng qadrli bo‘lgan ne'mat – iymon va ilm ne'matidir. Bu ikki ne'mat mujassam bo‘lgan taqdirda ruyobga chiqadigan eng ulug‘ ne'mat – Allohga qullikni izhor qilishga sabab bo‘ladigan ibodatdir. Shuningdek ko‘rish, eshitish, gapirish, sezish, tafakkur, aql, farosat, qo‘l, oyoq kabi ne'matlarni sanasak, hargiz sanog‘iga yetib bo‘lmaydi. Bu haqda Alloh taolo Qur'oni Karimda bunday marhamat qiladi: “Agar sizlar Allohning ne'matlarini sanasangiz, sanog‘iga yetolmaysizlar” (Ibrohim surasi, 34-oyat)

Turmush va muhabbat

Qalbiga muhabbat shamoli kirmagan ayol omoch bilan haydalmagan, daraxtlaru foydali o‘simliklar o‘smaydigan, buning o‘rniga hasharot va qurt-qumursqalar o‘rmalab yurgan tuproqqa o‘xshaydi. Shuning uchun ham Alloh taolo oila qurishni anbiyo va rasullarning fitratidan, sunnatidan qildi. Alloh azza va jalla payg‘ambarlar haqida: «Ularga zavjalar va zurriyotlar ato qilganmiz», deydi (Ra'd surasi, 38-oyat).

Er xotinining oldinga kirsa

Er xotinini oldinga kirsa yig‘layotgan ekan. Yig‘i sababini so‘raganida, xotin: - Ro‘molsiz turganimda daraxt ustidagi qush ko‘rib qoldi. Bu Allohga nisbatan gunoh sodir qilish, - dedi. Eri xotinidagi iffatdan va Allohdan qo‘rqishidan shod bo‘ldi va ertasiga bolta olib kelib, daraxtni kesib tashladi. Bir haftadan keyin uyiga ishdan barvaqt qaytsa

Ayollar borasida Allohdan qo‘rqing!

Agar ayolingizni ursangiz, sababi nima? Namoz o‘qimaydimi? Gap qaytaradimi? Aytgan ishingizni qilmaydimi? So‘roqsiz ko‘chaga chiqadimi? Bolalarga yaxshi qaramaydimi? Telefonda onasi, jigarlari bilan ko‘p gaplashadimi? Gap tashiydimi? O‘g‘rilik qiladimi? Poklikka e'tibor bermaydimi? Moda ketidan quvadimi? Sizni taom va xushmuomala bilan kutib olmaydimi? Uyiga borganda sizdan so‘ramay xolasinikiga ketadimi? Ushbu sabablarning ayoldan sodir bo‘lishi oilada nizo chiqishiga olib kelishi mumkin. Ammo shularning ichida Namoz o‘qimasligi, o‘g‘rilik qilishi, so‘roqiz ko‘chaga chiqishi yanada og‘irroq jinoyatdir.

Farzand ota-onaning oynasidir. 2-qism

– Farzand va ona o‘rtasidagi munosabatlarning bardavom bo‘lishi uchun nima tavsiyalar bera olasiz? – Bardavom munosabatga erishishning bir necha yo‘llari bor: – Farzand bilan har kuni 20 daqiqa do‘stona suhbat (pand-nasihatsiz, maktabi, o‘qishi haqida gapirmay); – Farzandga har kuni 5–10 marta o‘z mehr-muhabbatini izhor qilish; – Har kuni 5 marta farzandning yaxshi axloqi, chiroyli amaliga maqtov aytish; – Haftada bir marta besh daqiqa bo‘lsa ham farzand bilan uydan tashqaridagi mashg‘ulotni birga bajarish (piyoda yurish, sport bilan shug‘ullanish, avtoulovda sayr qilish kabilar); – Bolada hayot asoslarini paydo qilish uchun uyqudan oldin har kuni «Falon yaxshi ishni bajarganingda o‘zimni juda baxtiyor his qildim», «Ukangga qaraganing – juda katta ish», «Falon kelishuvimizga amal qilganing men uchun faxr» kabilar orqali o‘z rizoligingizni bildirib turish; – Haftada bir yoki ikki marta oilaviy maslahat va suhbat uchun kechki taomni oila davrasida tanovvul qilish; – Farzandga bo‘lgan muhabbatni turli tarzda izhor qilish; boshning orqa tarafini silash mehribonlik va shafqatni ifodalaydi, boshiga qo‘lni qo‘yish faxrlanishni ifoda qiladi, qo‘lni peshonasiga qo‘yish tinchlantiradi, qo‘lini tutish ota-bola o‘rtasidagi aloqani kuchaytiradi, agar bola asabiy bo‘lsa, ko‘ksini silash bilan tinchlantiring. Nabiy sollallohu alayhi vasallam farzand tarbiyasida bizga o‘rnak zotlar. U zot masjidda yoki sahobalar huzurida Fotima roziyallohu anhoning peshonalari, qo‘llaridan o‘par va bag‘irlariga bosar edilar.

Er - xotinga tavsiyalar

Er xotin orasidagi xilofni bartaraf qilishda quyidagilarga e'tibor berish tavsiya qilinadi: 1. Avvalo muammo haqiqatda ham xilof darajasiga borib yetganmi yoki faqatgina tushunmovchilikdan iboratmi, shuni aniqlab olish kerak. Chunki ko‘pincha oradagi oddiy tushunmovchilik muammo tug‘dirgan bo‘ladi. Agar o‘sha anglab yetilsa va ikki taraf bir-birini tushunsa, ish oson ko‘chadi. 2. Dastlab har kim o‘ziga nazar solsin, o‘zini o‘zi tergasin, kamchiliklarini o‘ylasin, Alloh ko‘rib, bilib turganini yodga olsin. Shunda har kim o‘ziga keladi va sherigining o‘ziga nisbatan yo‘l qo‘ygan xatosini arzimas sanaydi. 3. Har kim, bandaning boshiga balo behudaga tushmasligini, oiladagi janjal ham balo ekanini, o‘zi sodir etgan gunoh sababidan shu holga tushib turgan bo‘lishi mumkinligini o‘ylasin. Ulug‘ tobe'iyn Muhammad ibn Siyriyn: «Xotinim va ulovimning xulqidan o‘zim ma'siyat sodir etganimni bilaman»,– deganlar.