Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Таълим-тарбия

Vafodor zavja qanday bo‘lishi kerak?

 
 

بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲِالرَّحْمَنِ الرَّحِيم.

Bismillahir rohmanir rohiym

Olamlar Rabbisi Allohga hamdu sanolar, Payg‘ambarimiz Muhammad sallohu alayhi vassallamga va u zotning ahli va as'hobiga salavotu salomlar bo‘lsin

قال رسول الله ‎ﷺ: { مَنْ دَل عَلَى خَيْرٍ فَلَهُ مِثْلُ أَجْرِ فَاعِلِهِ } رواه مسلم

Suyukli va vafodor zavja Hazrati Oyisha (roziyallohu anho) muborak xonadonda aql, ilm va fikr jihatidan tez kamol topa bordilar. Bir beka sifatida Paytambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) butun xizmatlarini bajarar, kerak bo‘lganida tasalli berar edilar. Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) muborak so‘zlari va amallaridan iloji boricha ko‘proq narsa o‘rganishga harakat qildilar. Bu fazilat Oyisha onamizni Alloh Rasulining (sollallohu alayhi va sallam) eng suyukli zavjalariga aylantirgan asosiy sabablardan edi. Hazrati Oyishada ham ayollar tabiatiga xos rashj va shunga o‘xshash hissiyotlar bor edi. G‘azotlardan biriga Oyisha onamiz bilan hazrati Umarning (roziyallohu anhu) qizlari Hafsa onamiz (roziyallohu anho) ham chiqqan edilar. Sarvari olam (alayhissalom) safar asnosida Oisha onamizning mahfaslariga (kajava) tez-tsz kelib turar, u kishi bilan suhbatlashib ketardilar. Bu orada bir kuni Hafsa onamiz (roziyallohu anho) bilan Oyisha onamiz (roziyallohu anho) bildirmay, o‘rnilarini almashtirishdi. Nabiy (alayhissalom) bundan bexabar, hazrata Oyishaning mahfaslariga yaqinlashib kelib, suhbatlasha boshladilar.Har tarafi yopiq mahfasdagi Hafsa onamiz xuddi Oyisha onamizdek so‘zlab, vaziyatni bildirmadilar. Qorong‘i tushib karvon dam olish uchun to‘xtadi. Oyisha onamizning o‘rinlarida Hafsa onamizni ko‘rgan Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) hech narsa bo‘lmagandek, tunni uning huzurida o‘tkazdilar. O‘sha kechasi hazrati Oyishaning ko‘zlariga uyqu kelmadi. O‘zlaridan qattiq xafa bo‘lib, ikkinchi bunday ish qilmaslikka ont ichdilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ba'zi kechalarda Madina kabristoniga borib, yaqin birodarlarini ziyorat qilar edilar. Mo‘minlarning qabrlariga salom berar, haqlariga duo qilib, o‘lim va oxiratni yod etardilar. Shunday tunlarning birida Oyisha onamiz yarim kechasi uyg‘onib, yonlarida Sarvari olamni topolmagach, ancha qayg‘ulandilar. Birozdan so‘ng qaytib kelgan Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) Oyishani mahzun ko‘rdilar va: - Ey Oyisha, shaytoningga mag‘lub bo‘libsan, - dedilar. Shayton so‘zi Oyisha onamizning diqqatini tortib, so‘radilar: - Yo Rasululloh, mening ham shaytonim bormi? Payg‘ambar (alayhissalom) unga javoban: - Albatga, har bir insonning shaytoni bordir, - dedilar. Oyisha onamiz yana: - Sizniki ham bormi? - deb so‘raganlarida, Alloh Rasuli (sollallohu alayhi va sallam): - Ha, faqat men Robbimning yordami bilan uni mag‘lub etdim, - dedilar. Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) Oyisha onamizga bo‘lgan muhabbatlari shunchalar kuchli ediki, natijada boshqa onalarimiz rashk qila boshlashdi

Samarqand shahar "Ruhobod" jome masjidi imom xatibi Amirov To‘lqin Barot o‘g‘li.


Kiritilgan vaqti: 01/04/2021 11:16;   Ko‘rilganligi: 95
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/articles/eductaion/vafodor-zavja-qanday-bolishi-kerak
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 09:27