Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Таълим-тарбия

Necha yoshda balog‘atga yetganimni eslolmayman

 
 

CAVOL:
Men necha yoshda balog‘atga yetganimni eslolmayman. Shu holatda necha yoshdan qazo ro‘za va namozlarimni tutishim va o‘qishim kerak?

JAVOB:
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Aslida, yoshligida namoz o‘qimagan, ro‘za tutmagan kishi balog‘atga yetgan, ya'ni ehtilom bo‘lgan yoki hayz ko‘rgan vaqtidan hisoblab, qazolarini o‘qishni boshlaydi.

Qachon balog‘atga yetganini bilmasa, o‘g‘il bola 12 yoshdan, qiz bola 9 yoshdan hisoblab qazolarini o‘qiy boshlaydi. Bu ehtiyotdir.

Abul Fazl Mavsiliy aytadilar: "O‘g‘il bola balog‘atga yetganini aytganda tasdiqlanadigan eng kam muddat 12 yoshdir, qiz bola balog‘atga yetganini aytganda tasdiqlanadigan eng kam muddat esa 9 yoshdir. Bundan boshqa gaplar ham aytilgan, lekin mana shu so‘z ixtiyor qilingan" (“Lubob” kitobi, Hajr bobi). Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati


Kiritilgan vaqti: 07/04/2021 11:27;   Ko‘rilganligi: 81
 
Material manzili: https://savad-ul-azam.uz/oz/articles/eductaion/necha-yoshda-balogatga-etganimni-eslolmayman
Chop etilgan vaqti: 06/12/2021 22:30